Temir daftar nima? Temir daftar haqida ma’lumot

“Temir daftar” — oʻzi nima u?


👉 “Temir daftar” — karantin sharoitida ishsiz, daromadsiz qolgan ehtiyojmand, yordamga muhtoj oilalarning mahallada shakllantirilgan shaffof roʻyxati;


👉 “Temir daftar” oʻz navbatida fuqarolar yigʻinlari raisining sektor va hudud rahbari bilan hamkorlikdagi faoliyatini mustahkamlaydi;


👉 “Temir daftar”ni yuritishda ehtiyojmand oilalarning 7 toifasi, jumladan:


➖ kam taʼminlangan;


➖ nogironligi boʻlgan;


➖ ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar;


➖ yakka-yolgʻiz keksalar;


➖ doimiy ishsiz fuqarolar;


➖ karantin tufayli ishsiz qolgan fuqarolar;


➖ ogʻir epidemiologik hududlardan qariyb kelingan fuqarolarni kambagʻallikdan chiqarish choralari koʻriladi.


👉 Masʼul xodimlar oʻzining kunlik amalga oshirgan ishlari yuzasidan “Temir daftar”idagi maʼlumotlarni saxovat.argos.uz saytiga raqamli imzo kaliti orqali elektron shaklda kiritib boradi;


👉 “Temir daftar”ga tushgan oilaning hech boʻlmaganda bitta aʼzosini joriy yilda ish bilan taʼminlanib, shu orqali ularni muhtojlikdan chiqarish choralari koʻriladi»