2022 yilgi attestatsiyada ro‘yxatdan o‘tish qachon, qanday tartibda bo‘ladi?

2022 yilgi attestatsiyada ro‘yxatdan o‘tish qachon, qanday tartibda bo‘ladi?


Nizomga ko‘ra, attestasiyadan o‘tish uchun pedagog kadrlar har yili 1 yanvardan 1 martga qadar va 1 avgustdan 1 oktyabrga qadar bevosita davlat xizmatlari markazlari orqali, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qiladilar.


2022 yil yanvardan boshlab pedagoglar attestasiyasi bir yilda ikki marta o‘tkaziladi.


✅ Birinchi attestasiyada:


👉 Yanvar-fevral oylarida arizalar qabul qilinadi;


👉 Mart-may oylarida malaka (test) sinovlari o‘tkaziladi;


👉 Iyun oyida Sertifikatlar tarqatiladi.


✅ Ikkinchi attestasiyada:


👉 Avgust-sentyabr oylarida arizalar qabul qilinadi;


👉 Oktyabr-noyabr oylarida malaka (test) sinovlari o‘tkaziladi;


👉 Dekabr oyida Sertifikatlar tarqatiladi.