Telegram smartfon xotirasidan juda ko‘p joy egallayotgan bo‘lsa nima qilish kerak? 🤔
Messenjerning keshi va ma’lumotlari bazasini tozalang va smartfoningizdagi xotira yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammo bartaraf etiladi.
Agar siz Telegram’dan faol foydalansangiz, unda vaqt o‘tishi bilan u borgan sayin ko‘proq xotira makonini band etib boraveradi. Sababi shundaki, messenjer sizga yuborilgan fayllar, rasmlar, fotolar va GIF’larni chatni ochgan paytingiz hadeb yana qayta yuklab o‘tirmaslik maqsadida qurilmaga saqlab boradi.
Bu mobil trafikni tejaydi, biroq saqlash makonining hajmiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qo‘ymaydi. Telegram’ning gigabaytlaringiz bilan yumshoqroq muomala qilishi uchun maxsus sozlamalarning ko‘zda tutilgani, albatta quvonarlidir! ☺️