🚫 (https://telegra.ph/file/5a2040163dedc7b1ee99a.png)Windows’dagi dasturga Internetdan foydalanishni taqiqlash
Barcha dasturlar uchun ham Internetdan foydalanish muhim emas. Shunday bo‘lsa-da, ularning ba’zilari yangilanishlar mavjudligini tekshirish yoki xizmatchi ma’lumotlarni yuborish kabi harakatlari bilan faol tarzda trafikni sarflab keladi. Bu esa ayniqsa limitli ulanishdan foydalanish paytida (masalan, smartfondan Internet tarqatilayotganida) yoqimsizdir.
Bunday holatlar uchun Windows’da muayyan dasturga Internetdan foydalanishni butunlay yoki muayyan tarmoqlarga ulanish vaqtida cheklash imkonini taqdim etuvchi ichki funksional mavjud.
Buning uchun quyidagi harakatlar ketma-ketligi amalga oshiriladi:
1️⃣. WIN + R klavishlari birikmasi yordamida “Выполнить” oynasini ekranga chaqiramiz va unga firewall.cpl buyrug‘ini kiritib, ENTER klavishini bosish orqali Брандмауэр’ni ishga tushiramiz.
2️⃣. “Дополнительные параметры” ustiga bosamiz va “Правила для исходящего подключения” bandini tanlaymiz.
3️⃣. O‘ng qatordagi “Создать правило” bandiga bosamiz.
4️⃣. “Для программы”ni tanlaymiz.
5️⃣. Interneti bloklanishi lozim bo‘lgan dasturga yo‘l ko‘rsatamiz.
6️⃣. “Блокировать подключение” bandi qarshisiga qushcha belgisini o‘rnatamiz.
7️⃣. Agar kerak bo‘lsa, ushbu qoida amal qilishi lozim bo‘lgan muayyan tarmoqlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
8️⃣. Kelajakda topish osonroq bo‘lishi uchun qoidani albatta aniq nomlang va tavsiflang.
9️⃣. “Готово” tugmasini bosing.
📝 Manba: @tech_lifehacks