Guruh superguruhdan nimasi bilan farq qiladi? (https://telegra.ph/file/b464584339bcf45ed09ae.png)🤔
Messenjer foydalanuvchilarining aksariyati guruhli chatlarning ikki turda bo‘lishini allaqachon unutgan bo‘lishsa ham kerak:
— Guruhlar;
— Superguruhlar.
Hozirgi vaqtda guruhning superguruhga aylantirilishi avtomatik ravishda amalga oshadi, buning uchun, masalan, guruhni ommaviy (публичный) ko‘rinishga o‘tkazish yoki kanalga ulashning o‘zi kifoyadir.
Bizning @itspecuz_group guruhimiz 2019 yilning iyun oyida yaratilib, superguruhga aylantirilgan. Shu kunga qadar chatimizga 73 mingdan ortiq xabar yuborilgan, Ushbu vaqt mobaynida guruhlar va superguruhlar orasidagi farqlar kamaydi, biroq shunda ham ular kam emas.
🔆 Superguruhning afzalliklari:
— Qora ro‘yxatlar va ban qilish imkoniyatining mavjudligi;
— Adminlar huquqlarini bosh admin istaganidek sozlash imkoniyati;
— Bildirishnomalar qoida bo‘yicha o‘chirilgan;
— Guruhga ommaviy (публичный) havolani yaratish imkoniyati;
— Ishtirokchilar soni 200 ming nafarga qadar (ishtirokchilar soni 200 nafarga yetganida guruh avtomatik ravishda superguruhga aylanadi);
— Muhokamaning yangi ishtirokchilari uchun yozishmalar tarixining ko‘rinish-ko‘rinmasligini sozlash imkoniyati;
— Guruhda global huquqlarni sozlash imkoniyati (masalan, stikerlar yuborishni cheklash);
— Yaratuvchi (Создатель, Creator) va qolgan administratorlar guruhning barcha ishtirokchilari uchun barcha xabarlarni o‘chirishlari mumkin, qolgan foydalanuvchilar faqat o‘z xabarlarini, shu qatorda barcha foydalanuvchilar uchun ham o‘chirishlari mumkin (o‘chirilgan xabar yuboruvchining o‘zida ham, qolgan foydalanuvchilarda ham ko‘rinmaydi).
🔅Oddiy guruhning afzalliklari:
— Guruhlar har bir akkaunt egasi uchun messenjer ishlab chiqaruvchilari tomonidan belgilangan 500 kanal va superguruhlar limitiga (https://t.me/itspecuz/3772) kirmaydi (bir akkaunt doirasida bundan ortig‘iga ulanib bo‘lmaydi);
— Har qanday foydalanuvchi boshqalar tomonidan yuborilgan xabarlarni o‘chirishi mumkin (faqat o‘zi uchun).