Brauzer ishlashini tezlashtirish
Hattoki kuchli shaxsiy kompyuterning baxtli egasi bo‘lsangiz ham, vaqt o‘tishi bilan brauzeringiz baribir qotib ishlashni boshlaydi. Tushkunlikka tushish oldidan o‘qing: buning sabablaridan biri — profil ma’lumotlari bazasining fragmentatsiyasidir. Juda professional terminologiya deysizmi? Hechqisi yo‘q! Mashinani haydash uchun uning ichki tuzilishini bilish muhim emas.
SpeedyFox (https://crystalidea.com/ru/speedyfox) — bu brauzer ishlashini tezlashtirish uchun qulay yordamchi dastur. “Fox? Gap Mozilla haqida boryaptimi?” — deyishingiz mumkin. Yo‘q! Ro‘yxatga Chrome, Opera, “Yandex.Browser” va boshq. kiradi. Bundan tashqari, ushbu texnologiya Thunderbird kabi pochta mijozlari bilan ishlay oladi.
Ma’lumotlarning yuklanishi vaqti 3 marotaba qisqaradi. 3 MAROTABA, KARL! Dastur papkalar, zakladkalar, sozlamalar, cookies, jurnallar va boshq. uchun sqlite-bazalarini optimallashtiradi. Shuningdek bo‘sh yacheykalar va fayllar o‘chiriladi. Eslatma: bu muhim ma’lumotlarning yo‘qolishiga olib kelmaydi.
Yana bir bora ta’kidlaymiz: yordamchi dastur profilingiz (ya’ni zakladlalar, parollar, yuklanishlar tarixi va boshq.) uchun 100% xavfsiz. Uslub puxta hujjatlashtirilgan, dunyo bo‘ylab millionlab kompyuterlarda sinovdan o‘tkazilgan. Xo‘sh, tezlikni qo‘shamizmi?
📝 Manba: @GooogleTM