Assalomu alaykum aziz o’quvchilar! Sizlar bilan bugun yana bir maqola bilan bo’lishayotganimdan xursandman. O’tgan safargi maqolamda sizga, qanday qilib elektron hamyon ochish mumkinligi haqida ma’lumot bergan edim. Bugun esa, shu mavzuni davom ettirgan holda WebMoney attestatlar haqida qaplashamiz.
WebMoney — bu elektron pul yordamida turli operatsiyalarni amalga oshirishga imkon beradigan elektron hamyon ekanligini tushunib oldik.
Ko’rib turganingizdek, WebMoneyni ishlatish juda oson va siz uyingizdan chiqmasdan turli mahsulotlar va xizmatlar uchun to’lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.
To’g’ri, tizimda oddiy ro’yxatdan o’tishning o’zi yetarli emas – anonim taxallusli attestatiga ega bo’lgan kishi mablag’ni chiqarish yoki, ayrim xizmatlardan to’liq foydalana olish imkoniyatiga ega bo’lmaydi. Shu sababli, ko’plab foydalanuvchilar webmoneyda rasmiy attestatni qanday olish mumkinligi bilan qiziqishadi.
Maqola mundarijasi ( Ochish / Yopish )
Webmoneyattestat nima degani?
Attestat (sertifikat) olish uchun nima qilish kerak?
Turli attestatlarning turlari va afzalliklari
Webmoney attestat nima degani?
Elektron hamyon ochganingizdan so’ng, siz dastlab anonim (псевдоним ) taxallusli attestatiga ega bo’lasiz. Bu webmoney tizimidagi eng past darajali attestatdir va bu barcha imkoniyatlardan foydalana olmasligingizni anglatadi:
Shuning uchun, kamida rasmiy attestat (sertifikat) olishingiz kerak. Rasmiy attestat nafaqat pul sarflash va pul o’tkazish, balki WebMoney Transfer tizimining barcha xizmatlaridan foydalangan holda onlayn rejimda ishlashni istagan biznes va ilg’or xususiy foydalanuvchilar uchun tavsiya etiladi.
Shaxsiy attestat tizimning boshqa ishtirokchilari tomonidan yuqori darajadagi ishonchni ta’minlaydi, chunki, pasport ma’lumotlaringiz asl nusxalarini (yoki notarial tasdiqlangan nusxalar) taqdim etganingizdan keyin beriladigan attestat.
Shaxsiy attestat quyidagilarni bajarishga imkon beradi:
Hamyonlarni to’ldirish, boshlang’ich va rasmiy attestatlar egalari uchun cheklovli tizimdan pul olish;
Kredit birjasi faoliyatida ishtirok etish;
Merchant WebMoney Transfer xizmati interfeyslaridan foydalanib, xaridorlarning mablag’larini qabul qilishni avtomatlashtirish;
Escrow xizmatidan foydalanish — WebMoney Transfer tizimi ishtirokchilari o’rtasida xavfsiz tranzaktsiyalarni ta’minlash xizmati;
Tizimning turli saytlarida yangiliklarni joylashtirish;
Katalogning har qanday bo’limlarida internet resurslarini ro’yxatdan o’tkazish va boshqalar.
Attestat (sertifikat) olish uchun nima qilish kerak?
O’zbekistonda attestat olish uchun siz quyidagi manzilga borib passport nusxasi va arizani taqdim etishingiz kerak:
Kichik xalqa yo’li 44-uy (Bodomzor, Тошкент 100084), mo’ljal: Terassa restorani.
Ammo bundan oldin, manabu yerda attestatga buyurtma rasmiylashtirishingiz kerak bo’ladi.
Bu yerda «Получить аттестат у данного регистратора» tugmasini bosasiz.
DIQQAT: Siz WebMoneydagi o’z akkauntingizga kirgan bo’lishingiz va qaysi attestatni olishni istayotgan bo’lsangiz, shu attestat narxiga yetadigan mablag’ingiz bo’lishi kerak.
Keyin «Вернуться на панель управления и оплатить заявку»ga bosasiz:
«Oплатить заявку» tugmasini bosib xizmat uchun to’lovni amalga oshiring. Xizmat narxi :
Bu attestatlarni olish pullik, narxlari:
Shaxsiy attestat- 12 WMZ
Boshlang’ich attestat – 7 WMZ
Quyidagi shaklni chop eting va bir nusxasini o’zingiz bilan birga, yuqorida ko’rsatilgan manzildagi ofisga olib borishingiz kerak:
Turli attestatlarning turlari va afzalliklari
Turli xil attestatlar boshqa foydalanuvchilarning hisob egasiga ma’lum darajada ishonchini oshiradi. Shuningdek, yuqori darajadagi attestat egasiga WebMoney tizimi muayyan huquq va imkoniyatlarni beradi. Keling, attestatlarning asosiy turlarini ko’rib chiqamiz:
Anonim attestatning egalari, yuqorida aytib o’tilganidek, pul mablag’larini olish va yuborish, to’lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega. Shu bilan birga, hisob egasi barcha foydalanuvchilarning hamyonidagi mablag’larning maksimal miqdoriga ham, operatsiyalarga ham o’rnatiladigan moliyaviy limitlar bilan cheklangan. Agar siz tizimdan doimiy ravishda foydalanishni rejalashtirayotgan bo’lsangiz, biz rasmiy attestat olishni kechiktirmaslikni tavsiya etamiz.
DIQQAT! Anonim attestatga ega bo’lganlar diqqatiga: bunday hamyondan pul yechib olib bo’lmaydi, faqat internet do’konlarida xarid qilishingiz mumkin, u ham cheklangan holda.
Rasmiy attestat olgan foydalanuvchining huquq va imkoniyatlar biroz ko’proq bo’ladi. Bunday attestat egasi hamyonni mustaqil ravishda to’ldirish, shuningdek, kartaga pul o’tkazish va naqd pul olish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Boshlang’ich attestat mavjud bo’lsa, operatsiyalar bo’yicha limitlar, shu jumladan Merchant WebMoney Transfer xizmati interfeysi orqali sezilarli darajada oshiriladi; Capitaller xizmati ishida ishtirok etish, shuningdek, WebMoney tizimi veb-saytining yangiliklar blogida yangiliklarni nashr etish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Shaxsiy sertifikat, yuqorida aytganimizdek, nafaqat pul sarflashni va pul o’tkazishni, balki WebMoney Transfer tizimining barcha xizmatlaridan foydalangan holda Internetda pul ishlashni istagan ishbilarmon va ilg’or xususiy foydalanuvchilar uchun tavsiya etiladi. Shaxsiy sertifikat tizimning boshqa ishtirokchilarining ishonchini yuqori darajada ta’minlaydi. Sizning pasportingiz ma’lumotlari, hujjatlarning asl nusxalarini (yoki notarial tasdiqlangan nusxalarini) taqdim etgan holda shaxsan tekshiriladi.