Sichqoncha va klaviaturani bloklash
Klaviaturani vaqtinchalik bloklash uni kompyuter ishlab turgan paytida tozalash yoki bolalar multfilm tomosha qilayotganida biror nojo‘ya harakat qilmasligi uchun kerak bo‘lishi mumkin.
BlueLife KeyFreeze (https://www.sordum.org/downloads/?bluelife-keyfreeze) — klaviatura va sichqonchani bloklash uchun dastur. U ko‘p tilli qulay interfeys va amaliy sozlamalarga ega. Dastur portativ bo‘lib, o‘rnatishni talab etmaydi.
Foydalanish tartibi quyidagicha:
1️⃣. Havola (https://www.sordum.org/downloads/?bluelife-keyfreeze) bo‘ylab o‘ting, yuklab oling va arxivdan chiqaring.
2️⃣. Kompyuteringizdagi o‘rnatilgan operatsion tizimning razryadiga (https://t.me/itspecuz/5300) qarab dasturni KeyFreeze.exe yoki KeyFreeze_x64.exe fayli orqali ishga tushiring.
Klaviatura va sichqonchani bloklash va blokdan chiqarish uchun ushbu klavishlar birikmasi bosiladi: CTRL + ALT + F.
📝 Manba: @komputeer