4. Kufr bilan iymon, tuxumning oqi bilan sarig‘iga o‘xshaydi.
5. Don yerga ko‘miladi, uning yerga ko‘milishi bog‘u-rog‘ning ko‘karishiga sabab bo‘ladi.
6. Aqling tuyachiga o‘xshaydi. Sen tuyasan. Aqling seni rom qiladi, istar-istamas xohlagan joyiga tortib olib boradi.
7. Aqllidan kelgan jafo nodondan kelgan vafodan yaxshidir.
8. Sabri yo‘qning iymoni ham bo‘lmaydi.
9. Alloh sening yuzingni xunuk qilib yaratgan bo‘lsa, o‘zinga kel, ham yuzi xunuk, ham odobi xunuk bo‘lib o‘tma.
10. Shaxmatda piyoda yo‘lga chiqib, oxirida vazir bo‘ladi.
11. Quyoshning nuri axlatga tushsa ham aynimaydi, chunki u nurdir.
12. Sabr – insonni maqsadiga eng tez olib boradigan yo‘l ko‘rsatuvchidir.
13. Hirs iflosliklarni ham chiroyli qilib ko‘rsatadi.
14. Temirchilikni bilmasang, temirchi o‘chog‘idan o‘tayotganingda soqolingni ham sochingni ham yoqasan.
15. Egri oyoqning soyasi ham egri bo‘ladi.
16. Yaxshilik va osoyishtalikda barcha senga do‘st-birodar bo‘lar. Dard va g‘amda, Allohdan boshqa kim yaqining bo‘lar?
17. Yaxshi do‘sti borning oynaga ehtiyoji yo‘qdir.
18. “So‘rasak ham bermadi”, dema. So‘rashni bilmading, hech bo‘lmasa yolg‘on gapirma.
19. Insonni otash emas, o‘z g‘aflati yoqar. Barchadagi kamchilikni ko‘rar-u, ammo o‘ziga ko‘rdek boqar. Nimaga qanday boqsang, u ham senga shunday boqar.
20. Inson kulishi ila tarbiyasini, kulgan narsasi ila saviyasini ko‘rsatadi.
21. Yolg‘izlik — odam bo‘lmaydiganning hurmati va muhabbatidan yaxshiroqdir.
22. Ey Musulmon! Odob nima deb so‘rasang, bilki, odob — har beodobning odobsizligiga sabr qilishdir.
23. Ro‘za tutish — qiyindir, azobdir. Ammo Alloh bandasini O‘zidan uzoqlashtirishidan, bir dardga giriftor qilishidan ko‘ra yaxshiroqdir.
24. Har til — ko‘ngilning pardasidir. Parda qimirladimi, sirlar ochiladi.
25. Oyning kechaga sabr qilishi uni oydinlatur. Gulning tikonga sabr qilishi gulga yoqimli hid berur.
26. Yomon nafs — yirtqich qushdir.
27. Til qozonning qopqog‘iga o‘xshaydi. Qimirlab hidi taraldimi, nima pishayotganini bilib olaverasan.
28. To‘g‘rilik Musoning asosi kabidir. Egrilik esa sehrgarlarning sehrlariga o‘xshaydi. To‘g‘rilik o‘rtaga chiqqach, barcha egriliklarni yutib yuboradi.
29. Qush tilini o‘rgangan kimsa, qush hisoblanmaganidek ayni damda qushlarning dushmani va ovchisi hisoblanadi.
30. Umid — xavfsiz yo‘lning boshidir.
31. Har qo‘lingni siqqan bilan do‘st, joningni siqqan bilan dushman bo‘lma!
32. Cho‘ntagi boy, ruhi qashshoq bo‘lgan insonlarning ahvollari juda jirkanch. Chunki ular, har narsaning narhini bilishadi, ammo qadrini bilishmaydi.
33. Insonlardagi go‘zallik bu – yuzdir, yuzdagi go‘zallik esa – ko‘zdir. Ammo, insonni inson qilgan bu uning tilidan chiqadigan – so‘zdir.
34. Aql qo‘ydir, nafs bo‘ri, iymon esa cho‘pon. Agar iymon kuchli bo‘lmasa, nafs aqlni yeydi.
35. Unutma, inson dunyolarga hokim bo‘lar lekin, har doim kichkinagina qalbga asirdir!
36. Haqiqiy do‘stlar qo‘l bilan ko‘z kabidirlar. Qo‘l og‘riganda ko‘z yig‘laydi, ko‘z yig‘laganida, qo‘l uni artadi.
37. Sevgidan achchiq shiringa aylanur. Sevgidan mislar oltinga aylanur. Sevgidan loyqa cho‘kindi suvlar tiniq, sof holga kelur. Sevgidan dardlar, shifo topur. Sevgidan o‘liklar tirilur, podshohlar qul bo‘lur. Bu sevgi ilm-ma’rifatning natijasidir. Bo‘lar bo‘lmas narsalarga g‘arq bo‘lgan inson qanday qilib bunday taxtga o‘tirishi mumkin? Nuqsonli ilm qanday qilib haqiqiy sevgini yaratishi mumkin? Ha, sevgini yarata olar, u ham jonsiz narsalar sevgisidir. Nuqsonli ilm sohibi jonsiz narsada istaganining rangini ko‘rganida, hushtak chalinsa ham sevgilisining ovozini eshitgandek bo‘ladi.
38. Odobidan mahrum bo‘lgan Allohning lutfidan ham mahrum bo‘lur.
39. Tomdan yiqilganning biror parchasi topilishi mumkin. Topiladi ham. Ko‘ngildan yiqilganning bir parchasi ham topilmaydi.
40. O‘tin yonsa kul bo‘ladi. Inson yonsa qul bo‘ladi.
41. Chim (o‘t o‘lan) kecha oyoqlarim ostida edi, bugun esa ustimda turibdi. Ko‘rayapsanmi, tuproq gunohlardan boshqa har narsani berkitadi?!
42. Tiliga hokim bo‘lmagan insondan – do‘st, ko‘ziga hokim bo‘lmagan insondan – yor bo‘lmas.
43. Ilmga yetgan oyoq qanotga aylanur.
44. Ajal, berilganni olib ketmasidan, berilishi kerak bo‘lgan har narsani berib qolish kerak.
45. Dunyo – olimning qiymatsiz o‘yinchog‘i, ahmoqning esa qiymatli arg‘imchog‘i.
46. Bir insonning qandayligini bilmoqchi bo‘lsang, u bilan birga o‘tirib-turgan do‘stlariga qara.
47. O‘rinsiz nasihat, kishini yaralaydi.
48. Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun uch narsa kerak; diqqat, intizom va harakat.
49. Dardli odamning beqarorliklar va tumanlarga to‘la bir uyi bor. Dardini eshitsang, uyiga bir deraza ochgan bo‘lasan.
51. Alloh uchun gulxanga tushirilish bordir, lekin gulxanga otilmasdan Ibrohimdekmisan yoki yo‘qmi shuni aniqlab ol. Chunki gulxan Ibrohimlarni biladi va ularni yoqmaydi.
52. Butun dunyoni qidirib, go‘zal xulqdan ko‘ra yaxshiroq layoqatni topmadim.
53. Qalb oynasining sof bo‘lishi, xunukdan go‘zalni ajarata olishi uchun kerak.
54. Suhbat borki, keskir qilichga o‘xshar, bo‘stonni, ekinni kesib bichar. Suhbat borki, bahorga o‘xshar, har tomonni yashnatib, son-sanoqsiz mevalar tugar.
55. Seni do‘stingdan ayiradigan so‘zga quloq solma. U so‘zda ziyon bordir, ziyon!