Kitob haqida buyuklar nima deydi?

Kitob zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va oʻzining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasidir.


Frensis Bekon


Shunday odamlarni axtaringki, ular bilan suhbat qilmoq yaxshi kitob oʻqimoqqa barobar boʻlsin. Shunday kitoblarni axtaringki, mutolaasi faylasuflar suhbatiga teng boʻlsin.


A. H. Baxmanyor


Yaxshi kitoblarni bugun oʻqing, yomon kitoblarni oʻqishga ertaga albatta vaqt topiladi.


Isaak Barrou


Nodonlar-la oʻtirib-turmoqdan kitob bilan yolgʻiz qolmoq yaxshiroqdir.


Qosimbek Zokir


Kitob qanchadir yillardan keyin sizga manzur kela boshlasa, bu uning yaxshi kitob ekanidan dalolatdir.


Georg Lixtenberg


Kitob yigʻish yaxshi ishdir, ularni oʻqimoq esa foydali.


Frenchesko Petrarka


Kitob oʻqimagan odamning murdadan farqi yoʻq.


Tomas Jefferson


Kitoblar sizni minglab asr avval dunyodan oʻtgan dohiylar bilan uchrashtiradi.


Rene Dekart


Inson — qancha oʻqisang ham bitmaydigan kitobdir.


Hoji Baktosh Vali


Kitob hayotning eng olis va qorongʻu yoʻllariga nur baxsh etgan afsonaviy chiroqdir.


Andrey Upit


Kitoblar ovozsiz muallimlardir.


Peter Gille


Bir insonning qiymati oʻqigan kitoblari bilan oʻlchanadi.


Herbert Spenser


Kitoblarning dushmanlari ham insonlarnikiga oʻxshashdir: olov, suv, vaqt va ichidagilar.


Pol Valeri


Kitoblar yoqib yuborilgan joyda odamlar ham yondirilajak.


Haynrix Hayne


Kitoblarni ikki guruhga ajratish mumkin: kun kitobi va barcha kunlarning kitobi.


Jon Ruskin


Kitoblarim men uchun butun umrga yetajak ulkan qirollikdir.


Shekspir


Men kitoblarni emas, kitoblar meni yaratdi.


Mishel de Monten


Aqlli qoʻshning yoʻq boʻlsa, kitob bilan suhbat qur.


Ozarboyjon xalq maqoli


Kitob ruhiyat davolovchisidir.


Yapon xalq maqoli


Kitob odamlarning yoʻlini yoritib turuvchi mayoqdir.


Xitoy xalq maqoli


Har davrning oʻz kitobi bor.


Arab xalq maqoli


Hayoti davomida birgina kitob oʻqigan odamlardan qoʻrqing.


Lotin xalq maqoli


Yaxshi kitob yashash manbaidir.


Olmon xalq maqoli


Tarjimon va toʻplovchi: Rahmat Bobojon