Smartfonda joy bo‘shatish – tajribali foydalanuvchilardan oddiy usul

Smartfonda joy bo‘shatish – tajribali foydalanuvchilardan oddiy usul


Telefonning ichki xotirasini qo‘lda bo‘shatishga harakat qildingiz: videolar, fotosuratlar va barcha keraksiz ilovalarni o‘chirdingiz, avtomatik tozalashni ishga tushirdingiz, biroq Android smartfoningizda hali ham xotira yetarli emasmi? Umidsizlikka tushmang! Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, qurilmaning ichki xotirasini 20% gacha bo‘shatishning yana bir usuli bor.


⚠️ E’tibor bering, ushbu ko‘rsatmalarga amal qilishdan oldin, ilovalar va saytlarda avtorizatsiya uchun qo‘llanilgan ma’lumotlaringiz, ya’ni login va parollaringizni bilishingizga ishonch hosil qiling, chunki smartfon xotirasi tozalaganidan so‘ng ular qayta kiritilishi kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, ba’zi hollarda ilovalar uchun qo‘llaniluvchi kontentni qayta yuklab olishga to‘g‘ri keladi.


Android telefonidagi ichki xotirani bo‘shatish tartibi:


1️⃣. Google Play’ga o‘ting va Total Commander (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.ghisler.android.TotalCommander&hl=ru&gl=US) ilovasini qurilmangizga o‘rnating.


2️⃣. O‘rnatilgan ilovani ishga tushiring → Ichki xotira (Внутренняя память)ga o‘ting → Oynaning yuqori qismidagi Qidiruv (Поиск) belgisi ustiga bosing.


3️⃣. Qidiruv oynasiga “cach”ni (qo‘shtirnoqlarsiz) kiriting → Поиск tugmasiga bosing. Ilova qurilmaning ichki xotirasini skanerlaydi.


4️⃣. Qidiruv natijalari oynasining pastki chap burchagida Выделить (belgili tugma) → Выделить все’larga bosing.


5️⃣. Tozalashni yakunlash uchun oynaning pastki qismidagi Удалить (belgili) tugmasiga bosing → ogohlantirishga roziligingizni bildiring.


O‘chirish jarayoni tugallangandan so‘ng telefon xotirasida katta hajmdagi bo‘sh joy yuzaga keladi.


📝 Manba: @smartphonesecrets