O‘z akkauntlaringizni qanday qilib tezkor o‘chirishingiz mumkin?

O‘z akkauntlaringizni qanday qilib tezkor o‘chirishingiz mumkin? 🗑


Ko‘plab kompaniyalar foydalanuvchilarning o‘z akkauntlarini o‘chirishlari murakkab bo‘lishi uchun Dark Pattern (http://darkpatterns.org/) texnologiyasini qo‘llashadi.


justdelete.me — bu ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar sahifalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havolalarni o‘z ichiga oluvchi saytdir.


1️⃣. Yuqorida keltirilgan sayt bo‘ylab o‘ting;

2️⃣. Akkaunti o‘chirilishi lozim bo‘lgan xizmatning nomini qidiruv satriga kiriting;

3️⃣. Paydo bo‘lgan natija ustiga bosing;

4️⃣. Akkauntni o‘chirish jarayonini boshlang.


Sayt akkauntni o‘chirishning murakkablik darajasini ko‘rsatib beradi:

• Easy – o‘chirish oson;

• Medium – qo‘shimcha qadamlarni bajarish talab etiladi;

• Hard – to‘liq o‘chirish xizmat vakillari bilan bog‘lanishni talab etadi;

• Impossible – o‘chirishning imkoni yo‘q.


Shunday qilib, sayt sahifalarini varaqlab o‘chirish tugmachasini izlab o‘tirmay, akkauntlaringizni tezda yo‘q qilishingiz mumkin.


📝 Manba: @bugfeature