Buyuk bobomiz Alisher Navoiy hikmatlari
Ota-onaga hurmat haqida hikmatlar
Boshni fido qilg‘il ato boshig‘a,
Jismni qil sadqa ano qoshig‘a.
Tun-kuningg‘a aylagali nur fosh,
Birisin oy angla, birisin quyosh.
Ustozga hurmat haqida hikmatlar
Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
So‘z qudrati To‘g‘riso‘zlik haqida hikmatlar
Ko‘p demak so‘zga mag‘rurlik
Va ko‘p yemak nafsg‘a ma’murlik.
Ham so‘z ila elga o‘limdin najot,
Ham so‘z ila topib o‘lik tan hayot.
Har neki yetar sanga lison og‘rig‘idin,
Bilgilki, qatiq durur sinon og‘rig‘idin.
Aytur so‘zni ayt, aytmas so‘zdin qayt.
Chin so‘z mo‘tabar, yaxshi so‘z muxtasar.
Senga bor esa so‘z bilurdin mazoq,
Uzum sari boqma, so‘zum sari boq.
So‘zni ko‘ngilda pishqarmaguncha tilga kelturma,
Va har nekim, ko‘ngilda bor – tilga surma.
Har kishining kim so‘zi yolg‘on esa,
Aylama bovar necha kim chin desa.
Befoyda so‘zni ko‘p aytma,
Foydali so‘zni ko‘p eshuturdin qaytma.
Chin so‘zni yolg‘ong‘a chulg‘ama,
Chin ayta olur tilni yolg‘ong‘a bulg‘ama.
Ma’dani inson gavhari so‘z durur,
Gulshani odam samari so‘z durur.
Til ildamidin bo‘lur g‘aromat hosil,
Yuz nav’ malomat-u nadomat hosil.
Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz.
Er kishiga seb-u ziynat hikmat va donishdur.
Xiradmand chin so‘zdin o‘zga demas,
Vale borcha chin ham degulik emas.
Chun sinsa ko‘ngil zaxm zabon og‘rig‘idin,
Kim ermas aning og‘rig‘i jon og‘rig‘idin.
Gavhar-u durni quloq ozori bil,
So‘zni quloqning duri shahvori bil.
Izzat tilasang, kam de,
Sihhat tilasang, kam ye.
Kimki o‘zi ayladi yolg‘on so‘zin,
Qizb der el chin desa, qolg‘on so‘zin.
Necha zarurat aro qolgan chog‘i,
Chin demas ersang, dema yolg‘on dog‘i.
Bilim olishga intilish haqida hikmatlar
Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim,
Orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim.
Ilm Navoiy, senga maqsud bil,
Emdikim ilm o‘ldi, amal aylagil.
Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur,
Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur.
Ki har ishniki qildi odamizod,
Tafakkur birla bildi odamizod.
Yigitlikda yig‘ ilmning maxzani,
Qarilik chog‘i xarj qilg‘il ani.
Qaysi johilga nadomat bo‘lg‘ay, ul olimcha kim,
Harne qildi bilmadi, harneki bildi – qilmadi.
Aylama o‘z ra’inga ko‘p e’tiqod,
Mu’tamad el ra’yidin ista kushod.
Hunar egallash haqida hikmatlar
Kamol et kasbkim, olam uyidin,
Senga farz o‘lmagay g‘amnok chiqmoq.
Odamiylik haqida hikmatlar
Yaxshilik qilish haqida
Vafosizda hayo yo‘q, hayosizda vafo yo‘q.
Himmatsiz kishi er sonida emas,
Va ruhsiz badanni kishi tirik demas.
Ki har kim ayon etsa yaxshi qiliq,
Yetar yaxshiliqdin anga yaxshiliq.
Kishi xanzal eksa, achig‘ bar topar,
Va gar nayshakar eksa, shakkar topar.
Kishi muhraro harna qilsa nigor,
Varaqda hamul naqsh o‘lur oshkor.
Odami ersang, demagil odami,
Oniki, yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.
Menga ne yor-u ne oshiq havasdur,
Agar men odam ersam, ushbu basdur.
Yo‘q hunari yolg‘uz esa o‘z kishi,
Qayda kishi sonida yolg‘uz kishi.
Fard kishi davrda topmas navo,
Yolg‘uz ovuchdin kim eshitmish sado!
Har kishi kim birovga qozg‘ay choh,
Tushkay ul choh uza o‘zi nogoh.
Har kishi kim tuzlik erur peshasi,
Kajrav esa charx, ne andeshasi?
Qardoshing emas, ulki qo‘yib bosh senga,
Davlat chog‘i qilg‘ay o‘zin qo‘ldosh senga.
Shohki ish adl ila bunyod etar,
Adli buzuq mulkni obod etar.
Elga sharaf bo‘lmadi joh-u nasab,
Lek sharaf keldi hayo-u adab.
Qachon sochsa tuproqqa bug‘doy birov,
Yo‘q imkonki ul arpa qilg‘oy g‘arov.
Agar kimsadin zohir o‘lsa yomon,
Ko‘rar harnekim, zohir etdi hamon.
Agar naf’din bo‘lsa mahzan yiroq,
Aning la’lidin xora ko‘p yaxshiroq.
Ushoq qand, oq tuzga monand erur,
Va lekin biri tuz, biri qand erur.
Xaloyiqqa ko‘rma qilib benavo,
O‘zingga ravo ko‘rmaganni ravo.
Agar qilmadi el himoyat sanga,
O‘zingdin kerakdir shikoyat sanga.
Aylar ishingga chu bo‘lur dastras,
Vaqtidin o‘tkarma ani bir nafas.
Barcha lazzatni totdim,
Ofiyatdin chuchukroq sharbat topmadim.
Biyiklik keldi himmatdin nishona,
Ki himmatsizni past etdi zamona.
Birovgakim birovdin yetdi ofot,
Hamonokim qotig‘roqdur mukofot.
Birovki tama’ rishtaye qilg‘usi,
Uning birla bo‘g‘zidin osilg‘usi.
Birovkim anga himmat o‘ldi baland,
Erur odam ahli aro arjumand.
Birovkim bo‘lur bir oyoq osh uchun qul,
Yuziga kerakdur qozonning qarosi.
Bir diram olmoq chekibon dast ranj,
Yaxshiroq andinki, birov bersa ganj.
Bu gulshan ichra yo‘qdir baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur qolsa yaxshilik bila ot.
Yomon bila yaxshi orasida farqdir,
Ikki kemaning uchin tutgan g‘arqdir.
Yoreki tegar birovga ozori aning,
Aql olida tengdur-u yo‘q-u bori aning.
Izzat bermas naql-u diram borlig‘i,
Kim bo‘ldi tama’din kishining xorlig‘i.
Izzati haddin kam esa xo‘b emas,
Haddidin ortuq dag‘i marg‘ub emas.
Tinch ko‘ngil birla qatiqsiz umoch,
Behki birov minnati bilan quloch.
Topsang necha shohlar uzra shahlik,
Faqr ahliga ayla xokrahlik.
Tabiatga har neki odat bo‘lur,
Chu eskirdi odat tabiat bo‘lur.
Tahayyul aro borcha bir nav’ emas,
Hadisin iki kimsa bir nav’ demas.
Desangki, taomim zoyi’ bo‘lmag‘ay, yedur,
Va tilasangki, libosim eskirmagay, kiydir.
Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig‘,
Yor o‘ling bir-biringizgaki, erur yorlig‘ ish.
Kamtarlik haqida hikmatlar
Karam va muruvvat ato va anodurlar,
Vafo-yu hayo ikki hamzod farzand.
Qil yaxshilig-u demakni doxil qilma,
Minnat bila yaxshilikni botil qilma.
Agar tuzlik o‘lsa kishining ishi,
Ne vasf aylay olgay ishini kishi.
Kimgaki erlik asari yordur,
Bir demas ar qilgani ming bordur.
Odam o‘lg‘on zebi-zohirdin demas,
Kimki andin faxr etar, odam emas.
Donishmandlik haqida hikmatlar
Har kimsaki aylamas oshuqmoqni xayol,
Yofroqni ifak qilur, chechak bargini bol.
G‘ofil o‘lma nazardin itsa aduv,
Sham’ o‘chirganda yel ko‘runurmu?
Kim kinavar o‘lsa, ista andin qochmoq,
Nechunki zarur durur yomondin qochmoq.
Kimniki aylay der esang mahraming,
Ko‘p sinamay aylamagil hamdaming.
Kimniki inson desang, inson emas,
Shaklda ham fe’lda yakson emas.
Mevaga mag‘z o‘lsa, bo‘lur po‘st ham,
Kimsaga ham dushman erur do‘st ham.
Mehrki ravshanlik etar fosh ani,
Kimga gunah ko‘rmasa xuffosh ani.
Muvofiq sheva zolim do‘stlardin
Muxolif tab’ dushmanlar ko‘i ortuq.
Necha marazgaki, erur sud qand,
Nechaga ham zahr erur sudmand.
Nekim qildi johilki, erdi yomon,
Tutib aksini topdim andin amon.
Jahon ilmiki bukun menga yod erur,
Anga borcha jahl ahli ustod erur.
Omi tabibkim, erur shogirdi jallod,
Ul tig‘ bila va bu zahr bila halok qilg‘uchi bedod.
Oz ish uchun tund-u itob aylama,
Qatl-u siyosatda shitob aylama.
Parvonani ishq etmasa mast,
Urg‘aymu o‘zini o‘tqa payvast?
Sabr bila ko‘p bog‘liq ish ochilur,
Ishda oshiqqan ko‘p toyilur.
Necha samar sochmoq esa shox ishi,
Ko‘proq otar tosh anga tergan kishi.
Ne qushki, bo‘lsa himmatdin qanoti,
Emas past oshyonga iltifoti.
Tuzlik ermas shifosi-yu voyasi ham,
Kim egri kishining egridur soyasi ham.
Ulki zarar shevasini tavr etar,
Elga demakim, o‘ziga javr etar.
Bir xati gar egri tushar bir nuqat,
Nusxada har safhadadur egri xat.
Bo‘lmas adabsiz kishilar arjumand,
Past etar ul xaylni charxi baland.
Bu damni orif esang yaxshi tutki, johil ishi
Yetishmaganga-yu o‘tganga qiylu qol o‘lg‘ay.
Davron elining jismida ham jon bo‘lg‘il,
Ham jonlarig‘a moyayi darmon bo‘lg‘il.
Jahl ahli bila kimg‘aki ulfat bo‘lg‘oy,
Ul ulfati ichra yuz ming ofat bo‘lg‘oy.
Zarari borcha elga om o‘lg‘on,
Kim taom ustiga taom o‘lg‘oy.
Yilonni kishi tutsa sar kufta,
Balodin qilur o‘z yo‘lin rufta.