Qanday qilib ishga kirishda suhbatdan yahshi o’tish mumkin!?

Qanday qilib ishga kirishda suhbatdan yahshi o’tish mumkin!?


✔️Suhbat davomida tana tiliga, mimikaga, savollarga, javoblarga boʻlgan munosabatga va rekruterning sizga sarflagan vaqtiga eʼtibor bering.

✔️

Suhbat soʻngida rekruterdan toʻgʻridan-toʻgʻri u siz haqingizda boʻlajak ishchi sifatida nima deb oʻylashini soʻrang. Agar kadrlar menejeri sizning motivatsiyangiz bilan qiziqsa, ishni boshlashning mumkin boʻlgan vaqtini belgilasa va ishga qabul qilish menejeri bilan suhbat tashkil qilishni taklif qilsa, bu yaxshi belgidir.

✔️

Suhbatdan soʻng oʻzingizni baholang. Suhbatni boshidan oxirigacha hayolingizdan oʻtkazing va quyidagi savollarga javob bering:

Oʻzingizni ishonchli his qildingizmi yoki juda xavotirlandingizmi?

Qaysi savollarga yaxshi javob berdingiz va qaysi savollarga qiynaldingiz?

Siz ish beruvchini qiziqtira oldingizmi?

Nimani yanada yaxshilash mumkin edi?

Suhbatdan keyin oʻz-oʻzini tahlil qilish kelajakda yordam beradi.