Urolog, androlog ko’rigi — erkaklar salomatligi uchun juda muhim!
Andrologiya erkaklarning sog‘ligini asrash, muammolarini hal qilish, bepushtligini davolash, qolaversa, jinsiy ahvolini aniqlaydigan soha hisoblanadi. Dunyo miqyosida oladigan bo‘lsak, erkaklar ayollarga nisbatan 5-10 yil kam umr ko‘radi. Demak, bugungi kunda erkaklar sog‘ligiga ham alohida e’tibor berish, unga jiddiy yondashish zarur.
E’tibor berilsa, aholi orasida qorindor erkaklar ko‘pchilikni tashkil etadi. Katta qorin erkaklar uchun juda xavfli hisoblanadi. Uning oldini olish uchun androlog mutaxassis ko‘rigidan o‘tish zarur. Aks holda, bunday erkaklarning uzoq umr ko‘rish ehtimoli kamayib boradi. Bundan tashqari, erkaklardagi qon bosimi, yurak va qand kasalliklarining kelib chiqish zamirida ham andrologik muammolar yotadi. Eng muhimi, er-xotin munosabatlari a’lo darajada bo‘lishi uchun erkaklar vaqti-vaqti bilan androlog tekshiruvidan o‘tib turishlari kerak.
30 yoshgacha erkaklar organizmida testosteron (erkaklar jinsiy gormoni) moddasi oshib boradi. Qanday temperament egasi bo‘lishidan qat’iy nazar, 30 yoshdan oshgan kishilarda bu modda har yili bir foizga kamayib boraveradi. 11 foizga yetganida erkaklar klimaksi boshlanadi. Ayollar klimaksidan farqli jihati shundaki, erkaklarda bu kasallikning boshlanishi ularning individual holatiga bog‘liq.
Erkaklar klimaksi quyidagi belgilar bilan namoyon bo‘ladi:
Qorin paydo bo‘lishi;
Tez-tez charchab qolish;
Uyquning chuqur bo‘lmasligi yoki uyqudan vaqtli uyg‘onish;
Ayollarga bo‘lgan moyillikning susayishi;
Suyaklarning mo‘rtlashishi;
Terining qurib ketishi;
Ajinlarning paydo bo‘lishi.
O‘zidan sog‘lom va baquvvat nasl qoldirishni istagan erkaklar yuqorida sanab o‘tilgan belgilarni sezishi bilan androlog shifokorga murojaat etishi lozim. Androlog ko‘rigidan nafaqat erkaklar, balki tug‘rikdan so‘ng to‘lishib ketgan ayollar ham o‘tishlari zarur. Ularni tekshirish uchun qon tahlili olinib, natijaga ko‘ra kerakli davo usullari qo‘llaniladi.
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎