?Lipivin tabletkasi — giperxolesterinemiyaga va giperlipidemiyaga qarshi vosita.
?10 mg , 20 mg va 40 mg dozalarda chiqadi.
#Lipivin tabletka
#Липивин таблетка
?Dori shakli : tabletka
?Tarkibi : Atorvastatin kalsiy trigidrat.
?Ta’sir qilishiga ko’ra : ?
Organizmda ortiqcha xolesterin bo’lganda va ortiqcha yog’ bo’lganda kamaytiruvchi vosita .
?Qo’llanilishi ?
— Xolesterin miqdori oshib ketganda
— Organizmda gi yog’ni kamaytirish uchun qilingan diyeta bilan birgalikda yordamchi davo sifatida.
— Oilaviy orttirilgan yoki nasliy xolesterin va yog’ miqdori ko’pligida.
— Qandli diabetda
— Klinikasi nomalum bo»lgan yurak kasalliklarida profilaktika uchun.
?Qabul qilish usuli ?
Preparat 10 mg , 20 mg va 40 mg li dozalarda chiqadi. Boshlanishida 10 mg lik dozaligidan kuniga bir tabletka qabul qilinadi. Qabul qilish vaqtini ahamiyati yo’q. Keyin asta sekinlik bilan shifokor maslahati bilan doza oshirilib boriladi.
?Nojo’ya ta’siri ?
— Uyqusuzlik
— Bosh aylanishi , bosh og’rig’i
— Depressiya xolatlari
— Yurak aritmiyalari
— Ko’ngil aynish , qusish
— 12 barmoq ichakda yara bo’lishi
— Pankreatit
— Teri toshmalari
— Qon bosimi tushishi
❌Qo’llashga qarshi ko’rsatma ?
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Jigar va buyrak yetishmovchiligida
— Homiladorlik va emizish davrida
— 18 yoshdan kichik bo’lganlarga mumkin emas.
— Qon bosimi past bo’lganda
— O’tkir og’ir infeksiyada ( sepsisda )
— Epilepsiyada
— Muskul kasalliklarida
— Operatsiyadan keyingi holatlarda mumkin emas .
— Organizm da xolesterin miqdori kam bo’lsa va ozg’inlikda mumkin emas.