Salitsil spirti — antiseptik vosita.

?Salitsil spirti — antiseptik vosita.


#Salitsil kislotasi

#Салитсил кислотаси


?Dori shakli : ?


1 % va 2 % li spirtli eritma.


?Tarkibi ?


✳️Faol modda — salitsil kislotasi 1 gr yoki 2 gr.

✳️Yordamchi modda — 70 % li etil spirti.


?Ta’sir qilishiga ko’ra ?


Antiseptik vosita.


?Qo’llanilishi ?


— Mikroblarga qarshi xususiyatga ega.

— Zamburug’larga qarshi ta’sirga ega.

— Yog’li seboreyada

— Oddiy husnbuzarda

— Surunkali ekzemada

— Psoriazda ( temiratkida )

— Ixtiozda

— So’galda

— Qadoqda ( mazolda )

— Yallig’lanishga qarshi vosita sifatida

— Terining infeksion kasalliklarida.

— Giperkeratozda


?Qo’llash usuli ?


Sirtga buyuriladi. Preparat terining shikastlangan joylariga sutkada 2 — 3 marta surtiladi.


?Nojo’ya ta’siri ?


— Qichishish , achishish, qizarish

— Teri toshmalari


❌Qo’llashga qarshi ko’rsatma ?


— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda.

— Homiladorlik va emizish davrida.

— 1 yoshdan kichik bolalarga qo’llash mumkin emas.

— Buyrak yetishmovchiligida


✅QO’SHIMCHA SIFATIDA ?


Salitsil spirti bilan yuzdagi husnbuzarlarni har kun 2 — 3 marta artib olinsa husnbuzarlar yo’qolib ketadi.


?Qo’llash — retseptsiz

?Ishlab chiqaruvchi — O’zbekiston