📝 Preparatning savdo nomi: Pananginforte
🧬 Farmakalogik guruhi: magniy asosidagi vositalar
💊 Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
🧪 Ta’rifi:
oq yoki deyarli oq rangli, oval, ikki yoqlama qavariq, biroz yaltiroq va ahamiyatsiz darajada notekis yuzali, deyarli hidsiz bir tomonida “A83” gravirovkasi bo‘lgan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
👉 Qoʻllanilishi:
Preparat yurakning surunkali kasalliklarida (surunkali yurak yetishmovchiligida, miokard infarktidan keyingi davrda), yurak ritmini buzilishlarida (eng avvalo yurak qorinchalari aritmiyalarida) majmuaviy terapiya tarkibida, shuningdek davolovchi shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha yurak glikozidlari bilan davolashga qo‘shimcha vosita sifatida qo‘llanadi.Magniy va kaliyning qo‘shimcha manbasi sifatida ham qo‘llanadi.
💊 Panangin forte
📜 Preparat xaqida asosiy maʼlumotlar.
Tarkibi:
Qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 316 mg kaliy asparaginati (332,6 mg kaliy asparginat gemigidrati shaklida); 280 mg magniy asparaginati (350 mg magniy asparginat tetragidrati shaklida);
Yordamchi moddalar: suvsiz kolloid kremniy dioksidi, kartoshka kraxmali, povidon K30, magniy stearati, talk, makkajo‘xori kraxmali; plyonkaning qobig‘i: makrogol 6000, titan dioksidi (Ye171), butirlangan metakrilat sopolimer asosi (eudragit Ye), talk.
💧 Ta’sir etuvchi modda(XPN):
kaliy asparaginati, magniy asparaginati (potassium aspartate, magnesium aspartate)