Viferon svecha

Viferon svecha


📜 Preparat haqida asosiy ma’lumotlar

Tarkibi:

VIFЕRON® 150000 XB 1 suppozitoriysi quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 150000 XB odam rekmobinant interferon alfa-2b,

Yordamchi moddalar: askorbin kislotasi 0,0054 g, natriy askorbati 0,0108 g, alfa-tokoferol atsetati 0,055 g, dinatriy edetati digidrati 0,0001 g, polisorbat-80 0,0001 g, kakao moyi 0,1958 g, qandolat yog‘i yoki kakao moyi o‘rnini bosuvchi 1 g gacha


💧 Ta’sir etuvchi modda(XPN): interferon alfa-2b


📝 Preparatning savdo nomi: Viferon


🧬 Farmakalogik guruhi:

tsitokin.


💊 Dori shakli: rektal suppozitoriylar


🧪 Ta’rifi: Pulyasimon shaklli, oq-sariqdan sariq rangligacha bo‘lgan suppozitoriylar.


Dog‘lar yoki marmarlik ko‘rinishida rangini bir xil bo‘lmasligiga yo‘l qo‘yiladi.


Bo‘ylama kesimida voronkasimon chuqurlik mavjud.


Suppozitoriyning diametri 10 mm gacha.


👉 Qoʻllanilishi:

kattalar va bolalarda majmuaviy davolash tarkibida o‘tkir respirator virusli infektsiyalar, shu jumladan gripp, shu jumladan bakterial infektsiya bilan asoratlangan, pnevmoniya (bakterial, virusli, xlamidiyali);majmuaviy davolash tarkibida yangi tug‘ilgan bolalarda, shu jumladan chala tug‘ilgan chaqaloqlarda infektsion-yallig‘lanish kasalliklari: meningit (bakterial, virusli), sepsis, bachadon ichi infektsiyalari (xlamidioz, gerpes, tsitomegalovirus infektsiyasi, enterovirus infektsiyasi, kandidoz, shu jumladan vistseral, mikoplazmoz);bolalar va kattalarda majmuaviy davolash tarkibida surunkali virusli V, S, D gepatitlari, shu jumladan jigar tsirrozi bilan asoratlangan yaqqol faollikdagi surunkali virusli gepatitlarda plazmaferez va gemosorbtsiyani qo‘llash bilan birga;kattalarda majmuaviy davolash tarkibida urogenital yo‘llarining infektsion-yallig‘lanish kasalliklari (xlamidioz, tsitomegalovirus infektsiyasi, ureaplazmoz, trixomoniaz, gardnerellyoz, papillomavirus infektsiyasi, bakterial vaginoz, qaytalanuvchi qin kandidozi, mikoplazmoz);teri va shilliq qavatlarning birlamchi yoki qaytalanuvchi gerpetik infektsiyalari, chegaralangan shakli, yengil va o‘rtacha og‘irlikda kechishi, shu jumladan kattalardagi urogenital shaklida qo‘llanadi.