300 mg li bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 199,8 mg natriy valproati, 87,0 mg valproat kislotasi (300 mg valproat kislotasiga muvofiq keladi)
Yordamchi moddalar: metilgidroksipropiltsellyuloza 4000 m.Pa.s (gipromelloza) – 105,6 mg, etiltsellyuloza (20 mPa.s) – 7,2 mg, gidratlangan kolloid kremniy dioksid – 32,4 mg, natriy saxarinati – 6,0 mg; qobig‘i: metilgidroksipropiltsellyuloza 6 m.Pa.s (gipromelloza) – taxminan 4,8 mg, makrogol 6000 – taxminan 4,8 mg, talk – taxminan 4,8 mg, titan dioksidi – taxminan 0,8 mg, 30% li poliakrilat dispersiyasi (quruq eksktrakt ko‘rinishida) – taxminan 4,8 mg.
500 mg li bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 333,0 mg natriy valproati, 145,0 mg valproat kislotasi (500 mg valproat kislotasiga muvofiq keladi);
💧 Ta’sir etuvchi modda(XPN):
valproat kislotasi/valproic acid
📝 Preparatning savdo nomi:
Depakin Xpono/Depakine Chrono
🧬 Farmakalogik guruhi:
tutqanoqqa qarshi vositalar, yog‘ kislotalarining hosilasi
💊 Dori shakli:
ta’siri uzaytirilgan, qobiq bilan qoplangan, bo‘linadigan tabletkalar.
🧪 Ta’rifi:
uzunchoq, deyarli oq rangli, deyarli hidsiz yoki kuchsiz hidga ega, qobiq bilan qoplangan, bo‘linadigan tabletkalar.
👉 Qo’llanilishi:
Ushbu preparat tutqanoqning turli shakllarini va har xil turdagi tirishish xurujlarini davolash uchun qo‘llaniladi.
Kattalarda Monoterapiya yoki boshqa tutqanoqqa qarshi dori vositalari bilan majmuada: tutqanoqning tarqalgan shakllarini: klonik, tonik, toniko-klonik xurujlari, absanslar, mioklonik va atonik xurujlarni hamda Lennoks-Gasto sindromini davolash uchun;partsial tutqanoqni: ikkilamchi yoyilgan yoki yoyilmay kechadigan partsial xurujlarni davolash uchun qo‘llaniladi.
Bolalarda Monoterapiya yoki boshqa tutqanoqqa qarshi dori vositalari bilan majmuada: tutqanoqning tarqalgan shakllarini: klonik, tonik, toniko-klonik xurujlari, absanslar, mioklonik va atonik xurujlarni, Lennoks-Gasto sindromini davolash uchun;partsial tutqanoqni: ikkilamchi yoyilgan yoki yoyilmay kechadigan partsial xurujlarni davolash uchun qo‘llaniladi Maniakal epizodlarni davolash, litiy preparatlari ijobiy samara bermagan, shuningdek litiy preparatlarini o‘zlashtira olmaydigan patsiyentlarda bipolyar buzilishlarni tutib turuvchi va profilaktik davolash uchun qo‘llaniladi.