— Viagra dorisining narxi Toshkent dorixonalarida;
— Toshkentda Viagra dori vositanisi yaqin dorixonalrda topib sotib olish mumkin Apteka.uz;
— Viagra dorisining analoglari, yo’riqnoma, dozasi, ko’rsatmalar.
Viagra ko’rsatmalar
Ishlab chiqaruvchi
Фарева Амбуаз
Ishlab chiqarilgan davlat
Frantsiya
Umumiy ma’lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
VIAGRA®
VIAGRA
Preparatning savdo nomi: Viagra®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): sildenafil
Dori shakli: og‘iz bo‘shlig‘ida dispersiyalanuvchi tabletkalar.
Tarkibi:
Og‘iz bo‘shlig‘ida dispersiyalanuvchi har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: sildenafil sitrati (50 mg sildenafilga ekvivalent).
yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, kolloid gidrofob kremniy dioksidi, natriy kroskarmelloza, magniystearati, indigokarmin asosidagi alyumin laki (E132), sukraloza, mannitol, krospovidon, polivinilasetat, povidon;
maltodekstrin va dekstrin saqlovchi aromatizator;
maltodekstrin, gliserin (E422) va propilenglikol (E1520) saqlovchi tabiiy aromatizator;
maltodekstrin va alfa-tokoferol (E307) saqlovchi limonli aromatizator.
Ta‘rifi: rombsimon shaklli, bir tomonida “V50” gravirovkasi bo‘lgan, boshqa tomoni tekis bo‘lgan ko‘k rangli dumaloq tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: erektil disfunksiyani davolash uchun vosita – FDE-5 (fosfodiesteraza-5)-ingibitori.
ATX kodi: G04BE03.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Penisni ereksiyasi uchun mas‘ul bo‘lgan fiziologik mexanizm seksual stimulyasiya vaqtida g‘ovak tanalarda azot oksidini (NO) ajralib chiqishini o‘z ichiga oladi. Azot oksidi guanilatsiklazani faollashtiradi, bu siklik guanozinmonofosfat (sGMF) ning darajasini oshishiga olib kelib, g‘ovak tanalarning silliq mushaklarni bo‘shashishini chaqiradi va qon oqimini kuchayishiga olib keladi.
Sildenafil – g‘ovak tanalarda sGMF ni parchalanishi uchun javob beruvchi sGMF- spesifik fosfodiesterazaning 5-turi (FDE-5) kuchli selektiv ingibitoridir. Sildenafil ereksiyaga periferik ta‘sir ko‘rsatadi. Sildenafil odamdan izolyasiya qilib olingan g‘ovak tanaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘shashtiruvchi ta‘sir ko‘rsatmaydi, ammo azot oksidi – NO ning bu to‘qimaga bo‘shashtiruvchi samarasini kuchaytiradi. Seksual stimulyasiya vaqtida yuz beradigan holat kabi, NO/sGMF ning metabolik yo‘lini faollashuvida, FDE-5 ni sildenafil tomonidan ingibisiya qilinishi g‘ovak tanalarda sGMF darajasini oshishiga olib keladi. Shuning uchun sildenafildan kutilgan ta‘sir natijasida istalgan davolovchi farmakologik samaraga erishish uchun seksual stimulyasiya zarurdir.
In vitro sharoitlar sildenafil ereksiya jarayonini boshqarishda ishtirok etuvchi FDE-5 ga selektiv ta‘sir qilishini ko‘rsatdi. Preparatning FDE5 ga nisbatan, boshqa ma‘lum fosfodiesterazalarga nisbatan kuchliroqdir. Preparatning bu ta‘sir samarasi ko‘zning to‘r pardasida fotoni qayta shakllanish jarayonida ishtirok etuvchi FDE6 ga nisbatan samarasi 10 barobar kuchliroqdir. Maksimal tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganda sildenifilning FDE5 ga nisbatan selektivligi, uning FDE1 ga nisbatan selektivligidan 80 marta ortiq bo‘lsa, FDE-2, 3, 4, 7, 8, 9, 10 va 11 ga nisbatan selektivligiga qaraganda 700 marta yuqoridir. Xususan, sildenafilning FDE5 ga nisbatan selektivligi, yurak qisqaruvchanligini yo‘lga solishda ishtirok etuvchi fosfodiesterazaning sAMF-spesifik izoformasi FDE3 ga nisbatan selektivligidan 4000 marta yuqoridir.
Klinik samaradorligi va xavfsizligi
Preparat qabul qilingandan keyin, sildenafil seksual stimulyasiyaga javoban ereksiyani yuz berishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan vaqt intervalini baholash uchun ikkita maxsus klinik tadqiqort o‘tkazilgan. Sildenafilni och qoringa qabul qilgan pasientlar ishtirokida o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda, jinsiy olatni pletizmografiyasi (RigiScan) o‘tkazilganda, 60% rigidlikka ega ereksiyaga erishgan pasientlarda ereksiya boshlangungacha bo‘lgan (jinsiy aloqani amalga oshirishi uchun yetarli bo‘lgan) vaqt medianasi sildenafilni qabul qilingandan keyin 25 minutni (ko‘rsatkichlar diapazoni 12-37 minut) tashkil etdi. RigiScan pletizmografini ishlatish bilan o‘tkazilgan alohida tadqiqotda sildenafil, uni qabul qilingandan so‘ng 4-5 soatdan keyin xam seksual stimulyasiyaga javoban eresiyani chaqirish qobiliyatiga ega bo‘lgan.
Sildenafil arterial bosimni, ko‘pchilik hollarda klinik ko‘rinishlar bilan kechmaydigan yengil va o‘tkinchi pasayishiga olib keladi. Sildenafilni 100 mg dozada peroral qabul qilingandan keyin chalqancha yotgan holatda sistolik arterial bosimni o‘rtacha maksimal pasayishi 8,4 mm sim. ust. ni tashkil etgan. Chalqancha yotgan holatda diastolik arterial bosimni muvofiq o‘zgarishi 5,5 mm sim. ust. ni tashkil qilgan. Arterial bosimni bunday pasayishi, sildenafilning, ehtimol qon tomirlarining silliq mushaklarida sGMF darajasini oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan qon tomirlarni kengaytiruvchi ta‘siri bilan mos keladi. Sildenafilni 100 mg gacha dozada peroral bir marta qabul qilinishi sog‘lom ko‘ngillilarda EKG da xech qanday klinik ahamiyatga ega o‘zgarishlarni chaqirmagan.
Og‘ir yurak ishemik kasalligi (YUIK) bo‘lgan (70% dan ortiq pasientda xech bo‘lmaganda bir koronar arteriyaning stenozi bo‘lgan) 14 nafar pasientda sildenafilning 100 mg li bir martalik dozasini gemodinamik samaralarini o‘rganish yuzasidan tadqiqotda sistolik va diastolik arterial bosim tinch holatda, dastlabki darajasiga nisbatan muvofiq ravishda 7% va 6% ga pasaygan. O‘pkaning o‘rtacha sistolik arterial bosimi 9% ga pasaygan. Sildenafil yurakdan otilib chiqayotgan qon xajmiga ta‘sir ko‘rsatmagan va stenozga uchragan arteriyalar orqali qon oqimini kamaytirmagan.
Ikki yoqlama yashirin plasebo nazoratli tadqiqotda stress-testlar va jismoniy yuklamani qo‘llash bilan, erektil disfunksiyasi va surunkali stabil stenokardiyasi bo‘lgan, antianginal preparatlarni (nitratlardan tashqari) muntazam qabul qilayotgan 144 nafar pasientni baholash o‘tkazilgan. Sildenafil va plasebo guruhi orasida limitli stenokardiyani yuz berishigacha bo‘lgan vaqt ichida biron-bir klinik ahamiyatli farqlar aniqlanmagan.
Ayrim pasientlarda preparatni 100 mg dozada qabul qilganlaridan so‘ng 1 soatdan keyin 100 xil tusli Farnsvort-Munsell testi yordamida ranglarni (ko‘k/yashil) ajratish qobiliyatini yengil va o‘tkinchi buzilishi aniqlangan, lekin ayni paytda barcha samaralar preparatning dozasi qabul qilingandan keyin 2 soatdan so‘ng batamom yo‘qolgan. Rang ajratishning bu buzilishlarining taxminiy mexanizmi ko‘zning to‘r pardasida yorug‘likni o‘tkazish jarayonida ishtirok etadigan FDE6 fermentini ingibisiya qilinishi bilan bog‘liqdir. Sildenafil ko‘rish o‘tkirligiga yoki kontrastlikni sezuvchanlikka ta‘sir qilmaydi. Uncha katta bo‘lmagan plasebo-nazoratli tadqiqotda isbotlangan yoshga bog‘liq erta makulyar degenerasiyasi bo‘lgan pasientlarda (n=9) sildenafilni qo‘llanishi (100 mg dozada bir marta qabul qilish) o‘tkazilgan ko‘rish qobiliyatini (ko‘rish o‘tkirligi, Amsler setkasi, svetofor rangni ajratishni modellashtirish, Xemfri perimetri va fotostress) tekshirish natijalarini ahamiyatli o‘zgarishini chaqirmagan.
Sog‘lom ko‘ngillilarda sildenafilni bir martalik 100 mg peroral dozada qabul qilingandan keyin preparatni spermatozoidlar va ularning morfologiyasiga ta‘siri aniqlanmagan.
Klinik tadqiqotlar to‘g‘risida qo‘shimcha ma‘lumotlar
Klinik tadqiqotlar vaqtida sildenafil 19-87 yoshdagi 8000 dan ortiq pasientda qo‘llanilgan. Tadqiqotda pasientlarning quyidagi guruhi keltirilgan: keksa pasientlar (19,9%), arterial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlar (30,9%), qandli diabeti bo‘lgan pasientlar (20,3%), yurak ishemik kasalligi bilan (5,8%), giperlipidemiya bilan (19%), orqa miyani shikastlanishi bilan (0,6%), depressiya bilan xastalangan pasientlar (5,2%), prostata bkzini transuretral rezeksiyasini o‘tkazganlar (3,7%) va radikal prostatektomiyani o‘tkazgan pasientlar (3,3%). Pasientlarning keyingi guruhlari yetarli darajada keltirilmagan yoki klinik tadqiqotlarga kiritilmagan: chanoq a‘zolarida operasiyadan keyingi pasientlar, nur bilan davolashdan keyingi pasientlar, buyrak yoki jigar faoliyatini og‘ir buzilishi bo‘lgan pasientlar, shuningdek ayrim yurak-qon tomir kasalliklari bilan xastalangan pasientlar bo‘lgan.
Preparatning fiksasiyalangan dozalarni qo‘llash bilan o‘tkazilgan tadqiqotlarda, davolash oqibatida ereksiyani yaxshilangani xususida xabar bergan pasientlar ulushi, plasebo guruhidagi 25% ga nisbatan, 62% ni (sildenafilning 25 mg li dozasi), 74% ni (sildenafilning 50 mg li dozasi) va 82% ni (sildenafilning 100 mg li dozasi) tashkil etgan. Nazoratli klinik tadqiqotlarda sildenafilni qo‘llashni to‘xtatish chastotasi uncha katta bo‘lmagan va plaseboni qo‘llashni to‘xtatish chastotasi bilan bir xil bo‘lgan.
Barcha ushbu tadqiqotlarda sildenafilni qabul qilingandan keyin holatni yaxshilanganligi to‘g‘risida xabar bergan pasientlar ulushi quyidagicha bo‘lgan: psixogen erektil disfunksiyasi bo‘lgan pasientlar (84%), aralash erektil disfunksiyasi bo‘lgan pasientlar (77%), organik erektil disfunksiyasi bo‘lgan pasientlar (68%), keksa pasientlar (57%), qandli diabeti bo‘lgan pasientlar (59%), yurak ishemik kasalligi bo‘lgan pasientlar (69%), aretrial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlar (68%), prostata bezini transuretral rezeksiyasi (TUR) ni o‘tkazgan pasientlar (61%), radikal prostatektomiyani o‘tkazgan pasientlar (43%), orqa miyani shikastlanishi bo‘lgan pasientlar (83%), depressiv holatlari bo‘lgan pasientlar (75%). Sildenafilning xavfsizligi va samaradorligi uzoq muddatli tadqiqotlarning ma‘lumotlari bilan tasdiklangan.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Sildenafil tez so‘riladi. Preparatni og‘iz orqali och qoringa qabul qilingandan keyin plazmada kuzatiladigan maksimal konsentrasiyasiga 30 minutdan 120 minutgacha (o‘rtacha 60 minut) bo‘lgan davr davomida erishiladi. Preparatni og‘iz orqali qabul qilingandagi o‘rtacha mutloq biokiraolishligi 41% (ko‘rsatkichlar diapazoni 25-63%) ni tashkil qiladi. Sildenafilni og‘iz orqali tavsiya qilinadigan dozalar (25-100 mg) diapazonida qabul qilingandan keyingi AUC va Cmax qiymatlari qabul qilingan dozalarga to‘g‘ri proporsional oshadi.
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarni ovqat bilan qabul qilinganda sildenafilni so‘rilish tezligi Tmax ni 60 minutgacha o‘rtacha kechikishi va Cmax ni o‘rtacha 29% gacha kamayishi bilan pasayadi.
45 yosh va undan katta yoshdagi 36 nafar sog‘lom erkaklar ishtirokidagi klinik tadqiqotlarda, suv bilan ichmay qabul qilingan 50 mg dozali og‘iz bo‘shlig‘ida dispersiyalanuvchi tabletkalarning 50 mg dozali plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarga bioekvivalentligi aniqlangan. Aynan shu tadqiqotda AUC ko‘rsatkichi o‘zgarmagancha qolgan, lekin Cmax ning o‘rtacha qiymati 50 mg dozali plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarga nisbatan, 50 mg dozali suv bilan ichib qabul qilingan og‘iz bo‘shlig‘ida dispersiyalanuvchi tabletkalar qabul qilinganda 14% ga past bo‘lgan.
Dispersiyalanadigan peroral tabletkalarni yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan ovqat bilan qabul qilinganda sildenafilni so‘rilishi pasayadi, Tmax ni o‘rtacha kechikishi taxminan 3,4 soatni tashkil etadi va Cmax va AUC ning o‘rtacha qiymati og‘iz bo‘shlig‘ida dispersiyalanuvchi peroral tabletkalarni och qoringa qabul qilingandagiga nisbatan, muvofiq ravishda taxminan 59% va 12% ga kamayadi.
Taqsimlanishi
Sildenafil uchun muvozanatni taqsimlanishi hajmi (Vd), 105 l ni tashkil etadi, bu preparatni organizmni to‘qimalarda taqsimlanishidan dalolat beradi. Sildenafilni 100 mg dozada bir marta og‘iz orqali qabul qilingandan keyin, sildenafilning plazmadagi o‘rtacha maksimal umumiy konsentrasiyasi taxminan 440 ng/ml ni (o‘zgarishi koeffisienti 40% bilan) tashkil qiladi. Sildenafil (va uning asosiy aylanib yuruvchi metaboliti-N –desmetilsildenafil) plazma oqsillari bilan 69% bog‘lanishi sababli, erkin sildenafilning plazmadagi o‘rtacha maksimal konsentrasiyasi 18 ng/ml (38 nM) ni tashkil qiladi. Oqsillar bilan bog‘lanish darajasi preparatning umumiy konsentrasiyalariga bog‘liq emas.
Sildenafilni qabul qilgan (100 mg dozada bir marta qabul qilgan) sog‘lom ko‘ngillilarda, qabul qilinganidan keyin 90 minutdan so‘ng spermada dozaning 0,0002% dan kamrog‘i (o‘rtacha 188 ng) aniqlangan.
Biotransformasiyasi
Sildenafilning biotransformasiyasini asosan jigarning mikrosomal izorfermentlari SYR3A4 (asosiy yo‘l) va SYR2S9 (ikkinchi darajali yo‘l) ishtirokida amalga oshiriladi. Asosiy aylanib yuruvchi metabolit sildenafilni N-metil guruhini yo‘qotishi yo‘li orqali hosil bo‘ladi. Metabolit fosfodiesterazaga nisbatan sildenafil bilan bir xil darajadagi selektivligi bilan xarakterlanadi, metabolitning in vitro FDE-5 ga nisbatan faolligi esa, preparatning dastlabki moddasining faolligining taxminan 50% ni tashkil qiladi. Bu metabolitning qon plazmasidagi konsentrasiyasi sildenafil uchun xarakterli bo‘lgan konsentrasiyalarining taxminan 40% ni tashkil qiladi. N-metil guruhini yo‘qotgan metabolit, yakuniy yarim chiqarilish davri taxminan 4 soatni tashkil qilishi bilan, keyinchalik yana metabolizmga uchraydi.
Chiqarilishi
Sildenafilning 3-5 soat davomiylikdagi yakuniy terminal yarim chiqarilish davri bilan bo‘lgan umumiy klirensi soatiga 41 l ni tashkil qiladi. Peroral qabul qilingandan keyin bo‘lganidek, vena ichga yuborilganda xam sildenafilni chiqarilishi metabolitlar ko‘rinishida asosan ahlat bilan (peroral qabul qilingan dozaning taxminan 80%) va kamroq darajada siydik bilan (peroral qabul qilingan dozaning taxminan 13%) amalga oshadi.
Alohida pasientlar guruhida farmakokinetikasi
Keksa yoshdagi pasientlar
Keksa yoshdagi (65 yosh va undan katta yoshdagi) sog‘lom ko‘ngillilarda sildenafil va uning faol N-metil guruhini yo‘qotgan metabolitining plazmadagi konsentrasiyalarini, kichikroq yoshdagi (18-45 yoshdagi) sog‘lom ko‘ngillilardagi xuddi shunday ko‘rsatkichga nisbatan, taxminan 90% ga oshishiga olib kelgan, sildenafilning klirensini pasayishi aniqlangan. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishdagi yoshdagi farq bilan bog‘liq bo‘lgan erkin sildenafilning plazmadagi konsentrasiyasini muvofiq oshishi taxminan 40% ni tashkil qilgan.
Buyrak yetishmovchiligi
Buyrak faoliyatini yengil (kreatinin klirensi minutiga 50-80 ml) va o‘rtacha (kreatinin klirensi minutiga 30-49 ml) darajadagi buzilishi bo‘lgan ko‘ngillilarda preparatning bir martalik 50 mg li peroral dozasi qabul qilingandan keyin sildenafilning farmakokinetikasi o‘zgarmagan. N-metil guruhini yo‘qotgan metabolitning AUC va Smax o‘rtacha ko‘rsatkichlari buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lmagan xuddi shu yoshdagi ko‘ngillilarning xuddi shunday ko‘rsatkichlariga nisbatan, muvofiq 126% va 73% ga oshgan. Biroq pasientlar orasidagi yuqori o‘zgaruvchanlik borligi tufayli bu farqlar statistik ishonarli bo‘lmagan. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi
<30 ml/min) bo‘lgan ko‘ngillilarda sildenafilning klirensi pasaygan, bu farmakokinetik egri chiziq ostidagi maydoni (AUC) va Smax taxminan ikki marta (88%) oshishiga olib keladi. Bundan tashqari, N-metil guruhini yo‘qotgan metabolit uchun AUC va Smax qiymatlari sezilarli darajada – muvofiq ravishda 200% va 79% ga oshgan.
Jigar yetishmovchiligi
Yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi (Chayld-Pyu A va V) jigar sirrozi bo‘lgan ko‘ngillilarda sildenafilning klirensi pasaygan, bu xuddi shunday yoshdagi jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lmagan ko‘ngillilarga nisbatan, AUC ni (84% ga) va Smax ni (47% ga) oshishiga olib kelgan. Jigar faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishlari bo‘lgan pasientlarda sildenafilning farmakokinetikasi o‘rganilmagan.
Qo‘llanilishi
Viagra jinsiy olatning jinsiy aloqani amalga oshirish uchun yetarli bo‘lgan ereksiyasini saqlash yoki erishishga qodir bo‘lmaslik bilan xarakterlanuvchi erektil disfunksiya bo‘lgan katta yoshdagi erkaklarda qo‘llaniladi.
Viagra faqat jinsiy stimulyasiya borligida samaralidir.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash tartibi
Kattalarda qo‘llanilishi
Viagrani zaruratga ko‘ra jinsiy aloqadan taxminan bir soat oldin qo‘llash lozim. Preparatni tavsiya qilinadigan dozasi 50 mg ni tashkil qiladi va och qoringa qabul qilinadi, chunki ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish so‘rilishni sekinlashtiradi va dispersiyalanuvchi peroral tabletkaning samarasini kechiktiradi.
Preparatning samaradorligi va o‘zlashtira olinishini hisobga olgan holda doza 100 mg gacha oshirilishi mumkin. Preparatning maksimal tavsiya qilinadigan dozasi 100 mg ni tashkil etadi. Preparatning dozasini 100 mg gacha oshirish zarur bo‘lgan pasientlar ikkita 50 mg li dispersiyalanuvchi peroral tabletkalarni ketma-ket qabul qilishlari lozim. Dori vositasini maksimal tavsiya qilingan qabul qilishlar soni – sutkada 1 marta. Agar preparatning 25 mg li dozasini qabul qilish zarur bo‘lsa, 25 mg dan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarni qabul qilishni tavsiya qilish lozim.
Pasientlarning alohida toifalari
Keksa pasientlar
Keksa yoshdagi (≥ 65 yosh) pasientlarda preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar
Preparatni dozalash bo‘yicha “Kattalarda qo‘llanilishi” bo‘limida keltirilgan tavsiyalar buyrak faoliyatini yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi buzilishlari (kreatinin klirensi minutiga 30-80 ml) bo‘lgan pasientlar uchun xam taalluqlidir.
Buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari (kreatinin klirensi <30 ml/min) bo‘lgan pasientlarda sildenafilning klirensi pasayganligi tufayli, preparatni 25 mg dozada qo‘llash mumkinligini qayta ko‘rib chiqish lozim. Preparatning samaradorligi va o‘zlashtiraolinishidan kelib chiqib, zaruratga ko‘ra, uning dozasini bosqichma-bosqich
50 mg gacha va 100 mg gacha oshirish mumkin.
Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar
Jigar faoliyatini buzilishlari (masalan, sirrozi bo‘lgan) bo‘lgan pasientlarda sildenafilning klirensi pasayganligi tufayli, preparatni 25 mg dozada qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak. Preparatning samaradorligi va o‘zlashtiraolinishidan kelib chiqib, zaruratga ko‘ra, uning dozasini bosqichma-bosqich 50 mg gacha va 100 mg gacha oshirish mumkin.
Pasient bolalar
Viagrani 18 yoshdan kichik pasientlarda qo‘llash ko‘rsatilmagan.
Boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan pasientlarda qo‘llanilishi.
Sildenafil bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmagan ritonavirdan tashqari, CYP3A4 ingibitorlari bilan yondosh davolash qabul qilayotgan pasientlarda preparatni 25 mg boshlang‘ich dozada qo‘llash mumkinligini ko‘rib chiqish keraku.
Alfa-adrenoblokatorlar bilan davolanayotgan pasientlarda postural arterial gipotenziyani rivojlanish xavfini kamaytirish maqsadida, sildenafil bilan davolashni boshlashdan oldin, ularning holatini barqarorlashtirish lozim. Bundan tashqari, sildenafilni 25 mg dozadan boshlab qo‘llash mumkinligini ko‘rib chiqish lozim.
Qo‘llash usuli
Peroral qo‘llash uchun buyuriladi.
Og‘iz bo‘shlig‘ida dispersiyalanuvchi tabletkani og‘izga til ustiga qo‘yish va suv bilan ichib yoki suv ichmay, yutib yuborishdan oldin uni to‘liq erishini kutish lozim. Blister o‘ramidan olinganidan keyin tabletkani zudlik bilan qabul qilish kerak. Yakuniy 100 mg dozaga erishish uchun 50 mg dozali og‘iz bo‘shlig‘ida dispersiyalanuvchi ikkinchi tabletka zarur bo‘lgan pasientlar, ikkinchi tabletkani birinchi tabletka to‘liq erigandan keyin qabul qilishlari kerak
Og‘iz bo‘shlig‘ida dispersiyalanuvchi tabletkalarni tarkibida yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan ovqat bilan qabul qilingan hollarda, preparatni och qoringa qabul qilinganiga nisbatan, preparatni so‘rilishini sezilarli kechikishi kuzatiladim. Og‘iz bo‘shlig‘ida dispersiyalanuvchi tabletkalarni och qoringa qabul qilin tavsiya etiladi. Og‘iz bo‘shlig‘ida dispersiyalanuvchi tabletkalarni suv bilan ichib yoki suv ichmay qabul qilish mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Xavfsizlik profili to‘g‘risida qisqacha ma‘lumotlar
Sildenafil bilan davolangan pasientlarda klinik tadqiqotlar vaqtida qayd etilgan eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya reaksiyalar bosh og‘rig‘i, giperemiya, dispepsiya, burun bitishi, bosh aylanishi, qizib ketishlar, ko‘rishni buzilishi, sianopsiya va ko‘rishni noaniqligi bo‘lgan.
Noxush reaksiyalarni jadval ko‘rinishidagi ro‘yxati
Preparatni qo‘llash bilan o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda, plaseboga nisbatan ko‘proq yuz bergan tibbiyot nuqtai-nazaridan barcha muhim noxush reaksiyalar quyida tizim-a‘zolar sinfi va yuz berish chastotasiga qarab quyida tasniflangan: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 i < 1/10), tez-tez emas (≥ 1/1 000 i < 1/100), kam hollarda (≥ 1/10 000 va < 1/1000). Har bir guruhda noxush samaralarni yuz berish tez-tezligi ularning jiddiylik darajasini kamayishi tartibida keltirilgan.
Infeksion va parazitar kasalliklar: tez-tez emas — rinit.
Immun tizimi tomonidan: tez-tez emas – o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: juda tez-tez — bosh og‘rig‘i; tez-tez — bosh aylanishi; tez-tez emas — uyquchanlik, gipesteziya; kam hollarda — bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishi, tranzitor ishemik ishemik xuruj, tirishish xurujlari*, tirishish xurujlarini qaytalanishi*, hushdan ketish.
Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar: tez-tez – rang ajratishni buzilishi (xloropsiya, xromatopsiya, sianopsiya; eritropsiya va ksantopsiya), ko‘rishni buzilishi, noaniq ko‘rish, tez-tez emas – ko‘z yoshini ajralishi bilan buzilishlar (ko‘zni qurishi, ko‘z yoshi bezini ishini buzilishi va ko‘zni kuchli yoshlanishi), ko‘zda og‘riq, fotofobiya, fotopsiya, ko‘z qon tomirlari giperemiyasi, yorug‘likni ko‘rish yorqinligi, kon‘yunktivit; kam hollarda – noarteriitli ko‘rish nervining old ishemik nevropatiyasi (NAION)*, ko‘zning to‘r pardasi qon tomirlari okklyuziyasi, ko‘zning to‘r pardasiga qon quyilishi, arteriosklerotik retinopatiya, ko‘zning to‘r pardasi kasalliklari, glaukoma, ko‘rish maydoni nuqsoni, diplopiya, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, miopiya, astenopiya, shishasimon tanani suzuvchi xiralashishi, ko‘zning kamalak pardasi kasalliklari, midriaz, ko‘rish maydonida yorug‘lik manbayi atrofida kamalak aylanalarini bo‘lishi, ko‘zni shishi, ko‘zda shish, ko‘z kasalliklari, kon‘yunktival giperemiya, ko‘zda g‘ayri-tabiiy hislar, ko‘z qovoqlarini shishi, sklera rangini o‘zgarishi.
Eshitish a‘zosi va vestibulyar apparat tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – vertigo, quloqlarni shang‘illashi; kam hollarda – karlik.
Yurak tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – taxikardiya, yurakni urib ketishini his qilish, kam hollarda – yurak kasalligi oqibatida to‘satdan o‘lim*, miokard infarkti, yurak qorinchalari aritmiyasi*, yurak bo‘lmachalari fibrillyasiyasi, nostabil stenokardiya.
Qon tomirlari tomonidan buzilishlar: tez-tez – giperemiya, qizib ketishlar; tez-tez emas – arterial gipertenziya, arterial gipotenziya.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar: tez-tez – burun bitishi; tez-tez emas – burundan qon ketishi, burunning qo‘shimcha bo‘shliqlarini bitishi; kam hollarda – tomoqda qisilish hissi, burun shilliq qavatini shishi, burun bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: tez-tez – ko‘ngil aynishi, dispepsiya; tez-tez emas – gastroezofageal reflyuks kasalligi, qusish, qorinning yuqori sohasida og‘riq, og‘iz qurishi; kam hollarda – og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini gipesteziyasi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – terida toshma; kam hollarda – Stivens-Djonson sindromi (SDS)*, toksik epidermal nekroliz (TEN)*.
Skelet-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – mialgiya, qo‘l-oyoqlarda og‘riq.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – gematuriya.
Jinsiy a‘zolar va sut bezi tomonidan buzilishlar: kam hollarda – penisdan qon ketishlari, priapizm*, gematospermiya, ereksiyani kuchayishi.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: tez-tez emas – ko‘krak qafasida og‘riq, kuchli toliqish, qizib ketish hissi; kam hollarda – jizzakilik.
Laborator va instrumental tekshirish ma‘lumotlari: tez-tez emas – yurak qisqarishlari sonini oshishi.
* Faqat postmarketing kuzatuvlar vaqtida qayd etilgan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Sildenafilga yoki preparatning har qanday boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Preparatning azot oksidi/siklik gunozinmonofosfat (sGMF) ning metabolik yo‘liga ma‘lum ta‘siri tufayli, sildenafil nitratlarning gipotenziv ta‘sirini kuchaytirish xususiyatini namoyish etdi, shuning uchun uni azot oksidi donatorlari (amilnitrit kabi vositalar) yoki har qanday shakldagi nitratlar bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
FDE 5 ingibitorlarini, shu jumladan riosiguat kabi guanilatsiklaza stimulyatorlari bilan birga qo‘llash mumkin emas, chunki bu simptomatik gipotenziyaga olib kelishi mumkin.
Erektil disfunksiyani davolash uchun preparatlarni, jumladan sildenafilni jinsiy faollik tavsiya qilinmagan erkaklarda (masalan, nostabil stenokardiya yoki og‘ir yurak yetishmovchiligi kabi og‘ir yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan pasientlarda) qo‘llamaslik kerak.
Viagrani ko‘rish nervining noarteriitli old ishemik neyropatiyasi (NAION) tufayli, bir ko‘zda ko‘rishni yo‘qolishi bo‘lgan pasientlarda, bu epizod FDE5 ingibitorlari bilan avvaldan davolanish bilan bog‘liqligidan qat‘iy nazar, qo‘llash mumkin emas.
Sildenafilni quyida ko‘rsatilgan kasalliklari bo‘lgan pasientlarning kichik guruhida qo‘llash xavfsizligi o‘rganilmagan, shu boisdan uni ushbu kichik guruhlarda qo‘llash mumkin emas: og‘ir jigar yetishmovchiligi, arterial gipotenziya (arterial bosim
< 90/50 mm sim. ust.), yaqin oradagi anamnezda o‘tkazilgan insult yoki miokard infarkti, shuningdek ko‘z to‘r pardasining pigmentli retinit kabi ma‘lum nasliy degenerativ kasalliklari (bu pasientlarning uncha katta bo‘lmagan qismida ko‘zning to‘r pardasi fosfodiesterazalari faoliyatini nasliy buzilishlari mavjud).
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Boshqa dori vositalarining sildenafilga ta‘siri
In vitro tadqiqotlar
Sildenafilning metabolizmi asosan sitoxrom R450 (CYP) 3A4 (asosiy yo‘l) va 2S9 izofermentlari (ikkinchi darajali yo‘l) ni ta‘siri ostida yuz beradi. Shu sababli bu izofermentlarning ingibitorlari sildenafilning klirensini kamaytirishi, induktorlari esa, muvofiq ravishda sildenafilning klirensini oshirishi mumkin.
In vivo tadqiqotlar
Klinik tadqiqotlarning populyasion farmakokinetik taxlili CYP3A4 ingibitorlari (masalan, ketokonazol, eritromisin va simetidin) bir vaqtda qo‘llanganida sildenafilning klirensini pasayishidan dalolat beradi. Garchi bu pasientlarda sildenafilni CYP3A4 ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida noxush ko‘rinishlarni yuz berish tezligini oshishi kuzatilmagan bo‘lsa-da, preparat bilan 25 mg boshlang‘ich dozada davolanish mumkinligini ko‘rib chiqish kerak.
Sitoxrom R450 ning kuchli ingibitori hisoblangan OITV proteaza ingibitori ritonavirni, muvozanat holatida (500 mg dan sutkada ikki marta) sildenafil (100 mg dozada bir marta qabul qilish) bilan bir vaqtda qabul qilish sildenafilning Smax ni 300% ga (4 marta), shuningdek plazmada sildenafilni AUC 1000% ga (11 marta) oshishiga olib kelgan. 24 soatdan keyin sildenafilning plazmadagi darajasi, faqat sildenafilni o‘zini qabul qilingandan keyingi taxminan 5 mg/ml ga nisbatan, hali yana taxminan 200 ng/ml ni tashkil qilgan. Bu ma‘lumotlar ritonavirni R450 substratlarini keng ta‘sir doirasiga nisbatan yaqqol samaralar bilan mos keladi. Sildenafil ritonavirning farmakokinetikasiga ta‘sir qilmagan. Farmakokinetikani o‘rganish yuzasidan olingan bu natijalardan kelib chiqib, sildenafilni ritonavir bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi va har qanday hollarda sildenafilning maksimal dozasi hech bir holatda 48 soat davomida 25 mg dan oshmasligi kerak.
SYR 3A4 ingibitori hisoblangan OITV proteaza ingibitori sakvinavirni muvozanat holatida (1200 mg dan sutkada uch marta) sildenafil (100 mg dozada bir marta qabul qilish) bilan bir vaqtda qabul qilish, sildenafilning Smax ko‘rsatkichini 140% ga, shuningdek AUC ni 210% ga oshishiga olib kelgan. Sildenafil sakvinavirning farmakokinetikasiga ta‘sir qilmagan. SYR 3A4 ning ketokonazol va itrakonazol kabi yanada kuchliroq ingibitorlari yanada yaqqol samarani ko‘rsatishi mumkin.
Sildenafilni 100 mg dozada SYR 3A4 ning o‘rtacha ingibitori eritromisin bilan, muvozanat holatida (500 mg dan sutkada ikki marta 5 kun davomida) bilan birga qabul qilinganda sildenafilning tizimli ta‘sirini oshishi kuzatilgan (AUC ko‘rsatkichi bo‘yicha aniqlangan). Birga qo‘llanganda, erkak jinsiga mansub normal sog‘lom ko‘ngillilarda azitromisinning (sutkada 500 mg dan 3 kun davomida) sildenafil yoki uning qonda aylanib yuruvchi asosiy metabolitining AUC, Smax, Tmax ko‘rsatkichlariga, eliminasiya tezligi konstantasiga yoki keyinchalik yarim chiqarilish davriga ta‘siri aniqlanmagan. Sitoxrom R450 ning ingibitori va SYR 3A4 ning nospesifik ingibitori hisoblangan Simetidin (800 mg) sildenafil (50 mg dozada) bilan sog‘lom ko‘ngillilarda bir vaqtda qo‘llanganda, sildenafilning plazmadagi konsentrasiyasini 56% ga oshishini chaqirgan.
Greypfrut sharbati ichak devoridagi metabolizmi sababli, SYR 3A4 ning sust ingibitori hisoblanadi va sildenafilning plazmadagi darajasini o‘rtacha oshishini chaqirishi mumkin.
Antasid vositasini (magniy gidroksidi/alyuminiy gidroksidi) bir marta qabul qilinishi sildenafilning biokiraolishligiga ta‘sir qilmaydi.
Garchi barcha dori vositalari bilan o‘zaro ta‘sirini o‘rganish yuzasidan maxsus tadqiqotlar o‘tkazilmagan bo‘lsa-da, populyasion farmakokinetik tahlil, SYR2S9 ingibitorlari (tolbutamid, varfarin va fenitoin kabi vositalar), SYR2D6 ingibitorlari (serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari va trisiklik antidepressantlar kabi vositalar), tiazid va unga yaqin diuretiklar, xalqali va kaliyni tejovchi diuretiklar, angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlari, kalsiy kanallarining blokatorlari, beta-adrenergik reseptorlarining blokatorlari va SYR450 ning metabolik faol induktorlari (rifampisin va barbituratlar kabi vositalar) bilan bir vaqtda davolanganda sildenafilning farmakokinetikasiga ta‘sirini yo‘qligini ko‘rsatdi. Erkak jinsiga mansub normal sog‘lom ko‘ngillilar ishtirokidagi tadqiqotda endotelin antagonisti bozentanni (SYR3A4 ning (o‘rtacha), SYR2S9 va ehtimol SYR2S19 ning induktori) muvozanat holatida (125 mg sutkada ikki marta) sildenafil bilan muvozanat holatida (80 mg sutkada uch marta) bir vaqtda qo‘llanishi, sildenafilning AUC va Smax, ko‘rsatkichlarini muvofiq ravishda 62,6% ga va 55,4% ga pasayishiga olib kelgan. Shunday qilib, rifampin kabi SYR3A4 ning kuchli induktorlari bilan bir vaqtda qo‘llanishi, sildenafilning qon plazmasidagi konsentrasiyasini yanada yaqqolroq pasayishiga olib keladi.
Nikorandil kalsiy kanallarini aktivatori va nitratning gibridi hisoblanadi. Nitrat, komponenti hisobiga u sildenafil bilan jiddiy o‘zaro ta‘siriga kirishish bo‘yicha potensial xususiyatiga ega.
Sildenafilni boshqa dori vositalariga ta‘siri
In vitro tadqiqotlar
Sildenafil sitoxrom R450 izofermentlari – 1A2, 1C9, 2C19, 2D6, 2E1 va 3A4 izofermentlarining kuchsiz ingibitori hisoblanadi (IC50>150 mkM). Sildenafil tavsiya qilingan dozalarda qabul qilinganida uning plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyalari taxminan 1 mkmol ni tashkil qiladi, shuning uchun Viagra bu izofermentlarning substratlrining klirensiga ta‘sir qilish ehtimoli kam.
Sildenafilni teofillin yoki dipiridamol kabi nospesifik fosfodiesterazaning ingibitorlari bilan o‘zaro ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.
In vivo tadqiqotlar
Preparatni NO/sGMF metabolik yo‘liga ma‘lum bo‘lgan ta‘siriga muvofiq, sildenafil nitratlarning gipotenziv samarasini kuchaytirish xususiyatini namoyish qilgan, shuning uchun uni azot oksidi donatorlari (amilnitrit kabi vositalar) yoki nitratlar bilan har qanday shaklda bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Riosiguat. Klinika oldi tadqiqotlarida FDE-5 ingibitorlarini riosiguat bilan birga qo‘llanilganda tizimli arterial bosimni qo‘shimcha pasayishi aniqlangan. Klinik tadqiqotlarda riosiguat FDE-5 ingibitorlarining gipotenziv ta‘sirini kuchaytirgan. O‘rganilgan populyasiyada bunday majmuani qo‘llaganda ijobiy klinik samara xaqidagi ma‘lumotlar yo‘q. Riosiguatni FDE-5 ingibitorlari, shu jumladan sildenafil bilan birga qo‘llash mumkin emas.
Alfa-adrenoblokatorlar bilan davolanayotgan pasientlarda sildenafilni bir vaqtda qo‘llanishi ayrim sezuvchan pasientlarda simptomatik arterial gipotenziyani yuz berishiga olib kelishi mumkin. Bu ko‘proq sildenafilning dozasi qabul qilingandan keyin 4 soat davomida kuzatilishi mumkin. Dori vositalarining o‘zaro ta‘sirini o‘rganish yuzasidan uchta maxsus tadqiqotlar vaqtida doksazozin yordamida holati barqarorlashgan prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi (PXGP) bo‘lgan pasientlarda adrenoblokator doksazozin (4 mg va 8 mg dozada) va sildenafil (25 mg, 50 mg yoki 100 mg dozada) bir vaqtda qo‘llagan. Pasientlarning ushbu tekshirilayotgan guruhida chalqancha yotgan holda arterial bosimni o‘rtacha qo‘shimcha pasayishi muvofiq ravishda 7/7 mm sim. ust., 9/5 mm sim. ust. va 8/4 mm sim. ust. ni, turgan holatda esa, arterial bosimni o‘rtacha qo‘shimcha pasayishi muvofiq ravishda 6/6 mm sim. ust., 11/4 mm sim. ust va 4/5 mm sim. ust. ni tashkil qilgan. Doksazozin yordamida holati barqarorlashgan pasientlarda doksazozin va sildenafilni bir vaqtda qo‘llanganda, klinik ko‘rinishlari bilan kechuvchi postural arterial gipotenziyani yuz berishining kam holatlari to‘g‘risida xabar berilgan. Bu xabarlar shuningdek bosh aylanishini va hushdan ketishni emas, balki hushdan ketishdan oldingi holatni o‘z ichiga olgan.
Sildenafil va ikkalasi ham SYR2S9 ishtirokida metabolizmga uchraydigan tolbutamid (250 mg dozada) yoki varfarin (40 mg dozada) bilan bir vaqtda qo‘llanganda, sezilarli o‘zaro ta‘sirlar aniqlanmagan.
Sildenafil (50 mg dozada), asetilsalisil kislotasi (150 mg) qabul qilinishi oqibatidagi qon ketish vaqtini qo‘shimcha oshishiga olib kelmagan.
Sildenafil (50 mg dozada), sog‘lom ko‘ngillilarda qonda alkogolning konsentrasiyasi maksimal o‘rtacha 80 mg/dl bo‘lganida, alkogolning gipotenziv ta‘sirini kuchayishiga olib kelmagan.
Gipotenziv sinfi dori vositalarining quyidagi: diuretiklar, beta-blokatorlar, AAF ingibitorlari, angiotenzin II antagonistlari, antigipertenziv dori preparatlari (qon tomirlarni kengaytiruvchi va markaziy ta‘sirga ega), adrenergik neytrotrop vositalari, kalsiy kanallarining blokatorlari va alfa-adrenoreseptorlarning blokatorlari kabi sinflari bo‘yicha olingan umumlashtirilgan ma‘lumotlar taxlili sildenafilni qabul qilayotgan pasientlarda, plasebo qabul qilgan pasientlarga nisbatan, nojo‘ya samaralarining farqlarini aniqlamagan. Arterial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda sildenafil (100 mg dozada) amplodipin bilan bir vaqtda qo‘llangan, dori vositalarining o‘zaro ta‘sirini o‘rganish yuzasidan maxsus tadqiqotlarda sistolik arterial bosimni chalqancha yotgan holatda muvofiq qo‘shimcha pasayishi 8 mm sim. ust. ni tashkil qilgan. Diastolik arterial bosimni chalqancha yotgan holatda muvofiq qo‘shimcha pasayishi 8 mm sim. ust. ni tashkil qilgan. Arterial bosimni bunday qo‘shimcha pasayishi, pasayish darajasi bo‘yicha sildenafilni sog‘lom ko‘ngillilarda monoterapiya sifatida ishlatilganda kuzatilgan bosimni pasayishiga o‘xshash bo‘lgan.
Sildenafil (100 mg dozada) muvozanat holatida SYR3A4 ning substratlari hisoblangan
proteaza ingibitorlari sakvinavir va ritonavirning farmakokinetikasiga ta‘sir qilmagan.
Erkak jinsiga mansub sog‘lom ko‘ngillilarda sildenafil (80 mg sutkada uch marta) muvozanat holatida bozentanning AUC ko‘rsatkichini 49,8% ga va Smax ko‘rsatkichini 42% ga oshishini chaqirgan (bozentanning dozasi 125 mg sutkada 2 marta bo‘lgan).
Maxsus ko‘rsatmalar
Erektil disfunksiyani diagnostika qilish va uning birinchi sabablarini aniqlash uchun, farmakologik terapiyaning imkoniyatlarini ko‘rib chiqishdan oldin kasallik tarixini o‘rganib chiqish va fizikal tekshiruv o‘tkazish kerak.
Yurak-qon tomir kasalliklarining xavf omillari
Erektil disfunksiyasini davolashni boshlashdan oldin shifokorlar o‘z pasientlarining yurak-qon tomir tizimi holatini baholashlari lozim, chunki jinsiy faollik bilan bog‘liq bo‘lgan yurak asoratlarining ma‘lum darajadagi xavfi mavjud. Sildenafil qon tomirlarni kengaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi va arterial bosimini biroz yoki vaqtinchalik pasayishini keltirib chiqaradi. Sildenafilni buyurishdan avval shifokorlar ayrim asosiy kasalliklari bo‘lgan, ayniqsa ularni seksual faollik bilan birga kechgan pasientlarning holatiga bu preparatning qon tomirlarini kengaytiruvchi ta‘sirini noxush oqibatlari ehtimolini sinchkov tekshirishlari lozim. Qon tomirlarni kengaytiruvchi vositalariga yuqori sezuvchanlikka ega pasientlar guruhiga chap qorinchani chiqish qismini torayishi bo‘lgan (masalan, aortal klapan stenozi, gipertrofik obstruktiv kardiomilpatiyasi bo‘lgan) pasientlar, shuningdek arterial bosimini vegetativ nazoratini og‘ir darajadagi buzilishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan kam uchraydigan ko‘plab tizimli atrofiya sindromi bo‘lgan pasientlar kiradi.
Viagra nitratlarning gipotenziv samarasini kuchaytiradi.
Postregistrasion qo‘llash davri vaqtida jiddiy yurak-qon tomir kasalliklarining asoratlari, shu jumladan Viagrani qo‘llash vaqtida miokard infarkti, nostabil stenokardiya, yurak kasalligi oqibatida to‘satdan o‘lim, yurak qorinchalari aritmiyasi, serebrovaskulyar qon ketishlari, tranzitor ishemik xuruj, arterial gipertenziya va arterial gipotenziya holatlari qayd etilgan. Bu pasientlarning barchasida emas, balki ko‘pchiligida o‘tmishda yurak-qon tomir kasalliklarining xavf omillari bo‘lgan. Ko‘pgina asoratlar jinsiy aloqa qilish vaqtida yoki u tugaganidan keyin tez orada qayd etilgan, shuningdek bir nechta holatlar jinsiy faolliksiz Viagrani qo‘llagandan keyin tezda qayd etilgan. Bu holatlar bevosita shu omillar yoki boshqa omillar bilan bog‘liqligi yoki yo‘qligini aniqlashning iloji yo‘q.
Priapizm
Erektil disfunksiyani davolash uchun preparatlar, shu jumladan sildenafilni jinsiy olatning anatomik deformasiyasi (masalan, angulyasiya, kavernoz fibroz yoki Peyron kasalligi) bo‘lgan pasientlarda, shuningdek priapizmni rivojlanishiga olib keluvchi kasalliklari (o‘roqsimon anemiya, ko‘p sonli mieloma yoki leykemiya kabi) bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Sildenafilni postmarketing qo‘llash vaqtida uzoq muddatli ereksiya va priapizmni rivojlanish holatlari qayd etilgan. Ereksiya 4 soatdan ortiq vaqt davomida saqlanib qolsa, pasient shoshilinch tibbiy yordam olish uchun murojaat qilishi lozim. Shoshilinch davolash ishlari o‘tkazilmagan hollarda priapizm jinsiy olat to‘qimalarini shikastlanishiga va potensiyani qaytmas yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin.
FDE-5 boshqa ingibitorlari bilan yoki erektil disfunksiyani boshqa davolash usullari bilan bir vaqtda qo‘llanilishi.
Sildenafilni FDE-5 boshqa ingibitorlari bilan yoki o‘pka arterial gipertenziyasi (O‘AG) ni davolash uchun sildenafil saqlovchi boshqa dori preparatlari (REVASIO) yoki erektil disfunksiyani davolash uchun qo‘llanadigan boshqa preparatlar majmuada qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan. Shu boisdan preparatlarning bunday majmuasini qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Ko‘rishga ta‘siri
Sildenafil va FDE5 ning boshqa ingibitorlarini qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rishni buzilishi holatlari to‘g‘risida xabar berilgan. Kam uchraydigan kasallik – ko‘ruv nervining oldingi noarterit ishemik nevropatiyasi holatlari – sildenafil va FDE5 ning boshqa ingibitorlarini qabul qilish bilan bog‘liq kuzatuvli tadqiqotda va spontan hisobotlarda qayd qilingan. Pasientga ko‘rishni har qanday kutilmagan buzilishlari paydo bo‘lgan hollarda Viagrani qabul qilishni to‘htatish va kechiktirmay shifokorga murojaat qilish kerakligini tavsiya qilish lozim.
Ritonavir bilan bir vaqtda qo‘llanishi
Sildenafilni ritonavir bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Alfa−adrenoblokatorlar bilan bir vaqtda qo‘llanishi
Alfa−adrenoblokatorlari guruhiga mansub preparatlarni qabul qilayotgan pasientlarda sildenafilni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya qilinadi, chunki ularni bir vaqtda qo‘llanilishi ayrim sezuvchan pasientlarda klinik ko‘rinishlari bilan kechuvchi simptomatik arterial gipotenziyani yuz berishiga olib kelishi mumkin. Ko‘proq bu sildenafilning dozasi qabul qilingandan keyin 4 soat davomida kuzatilishi mumkin. Postural arterial gipotenziyani rivojlanishi xavfini pasaytirishi uchun alfa−adrenoblokatorlar bilan davolanayotgan pasientlarda, sildenafil bilan davolashni boshlashdan oldin gemodinamik barqarorlik holatiga erishish lozim. Sildenafilni 25 mg dozadan boshlab qo‘llash mumkinligini ko‘rib chiqish lozim. Bundan tashqari, shifokorlarga pasientlarga postural gipotenziya simptomlari paydo bo‘lgan hollarda nima qilish kerakligi xususida tavsiyalar berish kerak.
Qon ivishga ta‘siri
Odam trombositlarini qo‘llab o‘tkazilgan tadqiqotlar, sildenafil in vitro sharoitlarda natriy nitroprossidining antiagregant ta‘sir samarasini kuchaytirishidan dalolat beradi. Sildenafilni qon ivishini buzilishlari yoki faol fazadagi yara kasalligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash xavfsizligi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Shuning uchun sildenafilni bunday pasientlarda faqat foyda va xavf nisbatini sinchkov baxolagandan keyin qo‘llash lozim.
Fertillik, homiladorlik va laktasiyaga ta‘siri
Viagra ayollar tomonidan qo‘llash uchun ko‘rsatilmagan.
Preparatni homilador va emizikli ayollarda qo‘llanilishi yuzasidan yaxshi va qat‘iy nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Preparatni sog‘lom ko‘ngillilarda spermatozoidlarning harakatchanligi yoki ularning morfologiyasiga ta‘siri sildenafilni 100 mg li bir martalik peroral dozada qabul qilingandan keyin aniqlanmagan.
Avtotransport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Preparatni avtotransport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sirini o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Sildenafilning klinik tadqiqotlari vaqtida bosh aylanishi va ko‘rishni buzilishi holatlari qayd etilganligi tufayli, pasientlar avtotransport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashdan oldin ularning organizmi Viagraga qanday reaksiya qilishini bilishlari lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni 800 mg gacha dozada bir marta qabul qilib o‘tkazilgan ko‘ngillilar ishtirokidagi tadqiqotlarda qayd etilgan noxush reaksiyalar, preparatning ancha past dozalari ishlatilganida kuzatilgan reaksiyalar bilan bir xil bo‘lgan, lekin ularni yuz berish chastotasi va namoyon bo‘lish og‘irligi ancha yuqoriroq bo‘lgan. 200 mg li dozani qo‘llanishi preparatning samaradorligini oshishini ta‘minlanmagan, ammo nojo‘ya reaksiyalar (bosh og‘rig‘i, giperemiya, bosh aylanishi, dispepsiya, burun bitishi va ko‘rishni buzilishi) ni yuz berish tezligi oshgan.
Doza oshirib yuborilgan hollarda zaruratga ko‘ra standart tutib turuvchi davolash choralarini ko‘rish kerak. Gemodializ sildenafilning klirensini tezlashtirmaydi, chunki sildenafil plazma oqsillari bilan faol bog‘lanadi va siydik bilan chiqarilmaydi.
Chiqarilish shakli
1, 2, 4, 8 yoki 12 tabletka saqlovchi alyumin blisterlar karton o‘ramlarda. Bozorda barcha ishlab chiqarish shakllari bo‘lmasligi mumkin.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda 300S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor resepti bo‘yicha.
Toshkentdagi narxlari
PFIZER
Frantsiya
211 600 so’m
PFIZER
Frantsiya
159 900 so’m
Viagra analoglari
VIASIL
Batafsil
Siklon
Batafsil
EREGRA
Batafsil
Sildenafil
Batafsil
Vizarsin
Batafsil
Kardil
Batafsil
EREGRA
Ishlab chiqarilish joyi:Узбекистан
Faol modda:sildenafil
Ishlab chiqaruvchi:Nika Pharm ООО
Batafsil
Siklon tabletkalar 50 mg
Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
Faol modda:sildenafil
Ishlab chiqaruvchi:Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Индия произведено: Coral Laboratories Limited
Vakil:Shayana Farm ООО
Batafsil
Sildenafila sitrat
Faol modda:Sildenafil
Batafsil
Maksigra
Ishlab chiqarilish joyi:Polsha
Faol modda:Sildenafil
Ishlab chiqaruvchi:Фармацевтический завод «ПОЛЬФАРМА» АО, ул
Batafsil
Indian Viagra
Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
Faol modda:sildenafil
Distribyutor:Vse Dlya Krasoti
Batafsil
VIASIL qobiqli tabletkalar 100 mg N2
Ishlab chiqarilish joyi:Belarusiya
Faol modda:sildenafil
Ishlab chiqaruvchi:Лекфарм
Vakil:Лекфарм
Batafsil
Siklon tabletkalar 100 mg
Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
Faol modda:sildenafil
Ishlab chiqaruvchi:Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Индия произведено: Coral Laboratories Limited
Vakil:Shayana Farm ООО
Batafsil
MAKSIGRA 0,05 N1 qobiqli tabletkalar
Ishlab chiqarilish joyi:Polsha
Faol modda:Sildenafil
Ishlab chiqaruvchi:ПОЛЬФАРМА Фармацевтический завод, АО
Batafsil
MAKSIGRA 0,05 N4 qobiqli tabletkalar
Ishlab chiqarilish joyi:Polsha
Faol modda:Sildenafil
Ishlab chiqaruvchi:ПОЛЬФАРМА Фармацевтический завод, АО
Batafsil
MAKSIGRA 0,1 N4 qobiqli tabletkalar
Ishlab chiqarilish joyi:Polsha
Faol modda:Sildenafil
Ishlab chiqaruvchi:ПОЛЬФАРМА Фармацевтический завод, АО
Batafsil
VIZARSIN 0,1 N12 tabletkalar plyonka qobiqli
Ishlab chiqarilish joyi:Sloveniya
Faol modda:Sildenafil
Ishlab chiqaruvchi:КРКА, д.д., Ново место, АО
Batafsil
VIZARSIN 0,1 N4 tabletkalar plyonka qobiqli
Ishlab chiqarilish joyi:Sloveniya
Faol modda:Sildenafil
Ishlab chiqaruvchi:КРКА, д.д., Ново место, АО
Batafsil
VIZARSIN KU-TAB 0,1 N12 tabletka
Ishlab chiqarilish joyi:Sloveniya
Faol modda:Sildenafil
Ishlab chiqaruvchi:КРКА, д.д., Ново место, АО
Batafsil
VIZARSIN KU-TAB 0,1 N4 tabletka
Ishlab chiqarilish joyi:Sloveniya
Faol modda:Sildenafil
Ishlab chiqaruvchi:КРКА, д.д., Ново место, АО
Batafsil
VIZARSIN KU-TAB 0,05 N4 tabletka
Ishlab chiqarilish joyi:Sloveniya
Faol modda:Sildenafil
Ishlab chiqaruvchi:КРКА, д.д., Ново место, АО
Batafsil
SILDENAFIL KARDIO 0,02 N90 tabletkalar plyonka qobiqli
Ishlab chiqarilish joyi:Rossiya
Faol modda:Sildenafil
Ishlab chiqaruvchi:Северная Звезда, ЗАО