Preparatning savdo nomi: TUMMIKOL
Dori shakli: ichga qabul qilish uchun eritma
Tarkibi:
Har bir 10 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:
Faol moddalar:
Poliz ukropi (Peucedanium graveolens Benth) 74,8 mg
Qalampir yalpiz (Mentha piperita L.) 74,8 mg
Damashq atirguli (Rosa damascena Mill) 74,8 mg
Oddiy arpabodiyon (Foeniculum vulgare Mill) 74,8 mg
Yordamchi moddalar:
Sorbin kislotasi 5,0 mg
Natriy benzoati 5,0 mg
Saxaroza 1,5 g
Taʼrifi: biroz tovlanuvchi suyuqlik, oʻziga xos xidli va shirin taʼmli
Farmakoterapevtik guruhi: tabiiy yel haydovchi vosita
Farmakologik xususiyatlari:
Tabiiy oʻsimlik preparati, bolalarda ovqat hazm qilishni buzilishlarida qoʻllanadi. Taʼsiri asosan ichak spazmini boʻshashtiradigan oʻtlar majmuasi bilan bogʻliqdir. Preparat tarkibidagi oʻtlar Ayuverdik retseptlarga muvofiq ravishda optimal nisbatda tanlangan.
Preparatlar tarkibidagi faol komponentlarining har birining farmakologik taʼsiri quyidagicha:
Poliz ukropi: spazmolitik, yel haydovchi, ovqat hazm qilishni boshqaruvchi, dezinfeksiya qiluvchi, sut ajralishini kuchaytiruvchi va sedativ xususiyatlarga ega.
Qalampiri yalpiz: spazmolitik, yel haydovchi, oʻt haydovchi, diareyaga qarshi, aromatik, tinchlantiruvchi, qusishga qarshi, mahalliy antiseptik, ogʻriqsizlantiruvchi va qichishishga qarshi taʼsir koʻrsatadi. Bundan tashqari, yengil antianginal vositadir, chunki reflektor tarzda koronar tomirlarni kengayishini chaqiradi.
Damashq atirguli: surgi, burishtiruvchi, yurakka va tonusga oshiruvchi taʼsir koʻrsatadi.
Oddiy arpabodiyon: yel haydovchi, ogʻriq qoldiruvchi, yalligʻlanishga qarshi, antispastik, siydik haydovchi, xayz koʻrishni ragʻbatlantiruvchi, yoʻtalga qarshi, sut ajralishi kuchaytiruvchi, ragʻbatlantiruvchi taʼsir koʻrsatadi.
Qoʻllanilishi:
Ovqat hazm qilish tizimining ishini boshqaradi. Bolalardagi meʼda-ichak yoʻllarini buzilishlarini davolash uchun qoʻllanadi. Qorindagi spazmlar, qorin sanchiqlari, meteorizm, diareya, qusish, tishlar yorib chiqishidagi ogʻriqlarni yengillashtirish uchun samaralidir.
Qoʻllash usuli va dozalari
Bolalarga:
2 haftalikdan 4 haftalikkacha: 1/2 choy qoshiq (2,5 ml) eritma har toʻrt soatda;
1 oylikdan 6 oylikkacha: 1 choy qoshiq (5 ml) eritma har toʻrt soatda;
6 oylikdan va undan kattalarga: 2 choy qoshiq (10 ml) eritma har toʻrt soatda buyuriladi.
Kattalarga 20 ml dan har toʻrt soatda yoki shifokor tavsiyasi boʻyicha buyuriladi.
Qoʻllashdan oldin chayqating.
Nojoʻya taʼsirlari:
Yoʻriqnomaga muvofiq preparat qoʻllanganda nojoʻya taʼsirlari haqida maʼlumotlar boʻlmagan. Preparatga yuqori sezuvchanlikda allergik reaksiyalar boʻlishi mumkin.
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar:
Preparat komponentlariga yoki yordamchi moddalarning har qandayiga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning oʻzaro taʼsiri:
Oʻrganilmagan.
Maxsus koʻrsatmalar:
Nojoʻya taʼsirlar paydo boʻlganida preparatni qabul qilishni toʻxtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi:
Kuzatilmagan.
Chiqarilish shakli:
120 ml, 240 ml dan ichga qabul qilish uchun eritma, qahrabo rangli flakonlarda, karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti:
Quruq, salqin, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati:
Ishlab chiqarish kunidan boshlab 2 yil.
Dorixonalardan berish tartib:
Retseptsiz.