Verapamil
📜 Preparat haqida asosiy ma’lumotlar
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: verapamil gidroxloridi – 40,0 mg va 80,0 mg yordamchi moddalar (yadrosi): laktoza monogidrati -16,75 mg yoki 33,50 mg, kartoshka kraxmali – 16,89 mg yoki 33,78 mg, povidon – 3,64 mg yoki 7,28 mg, talk – 1,90 mg yoki 3,80 mg, magniy stearati – 0,82 mg va 1,64 mg;
Yordamchi moddalar (qobig‘i): makrogol -4000 – 0,29 mg yoki 0,72 mg, talk – 0,29 mg yoki 0,72 mg, titan dioksidi – 0,16 mg yoki 0,42 mg, xinolin sarig‘i bo‘yovchisi – 0,01 mg yoki 0,02 mg, gipromelloza – 1,25 mg yoki 3,12 mg.
💧 Ta’sir etuvchi modda(XPN):
verapamil
📝 Preparatning savdo nomi:
Verapamil
🧬 Farmakalogik guruhi:
“sekin” kaltsiy kanallarining blokatori
💊 Dori shakli:
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
🧪 Ta’rifi:
dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, och-sariqdan sarg‘ish-to‘q sariq rangligacha bo‘lgan qobiq bilan qoplangan tabletkalar.undefined
🔥 Qoʻllanilishi:
Yurak ritmini buzilishlarini davolash va oldini olish: yurak qorinchalari usti paroksizmal taxikardiyasi;yurak bo‘lmachalarni xilpillashi va lipillashini (taxiaritmik varianti) surunkali shakli;yurak qorinchalari usti ekstrasistoliyasi; Davolash va oldini olish: surunkali stabil stenokardiya (zo‘riqish stenokardiyasi);nostabil stenokardiya;vazospastik stenokardiya (Printsmetal stenokardiyasi, variant stenokardiya); Arterial gipertenziyani davolashda qo‘llanadi.undefined