Bumanol haqida
📜 Preparat xaqida asosiy maʼlumotlar.
Tarkibi:
Liofilizatsiya qilingan kukunli har bir flakon quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 10 mg gidroksokobalamin; yordamchi moddalar: mannit, xlorid kislotasi, inyektsiya uchun suv.
Erituvchili har bir ampula quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 75 mg diklofenak kaliy, 2,63 mg betametazon natriy fosfati; yordamchi moddalar: benzil spirti, suvsiz dinatriy fosfati, propilenglikol, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, natriy gidroksidi, inyektsiya uchun suv.
📝 Preparatning savdo nomi:
Bumanol
🧬 Farmakalogik guruhi:
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi va revmatizmga qarshi vositalar.
Diklofenak majmuada.
💉 Dori shakli:
inyektsiya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizatsiya qilingan kukun erituvchi bilan majmuada.
💧 Ta’rifi
qizil-pushti rangli liofilizatsiya qilingan kukun.
erituvchi: rangsiz yoki biroz pushti rangli tiniq eritma.
👉 Qoʻllanilishi:
Revmatizmni zo‘rayishi, yallig‘langan mono- va polineyropatiyalarda qo‘llanadi.