💊 Xondro ritz
📜 Preparat haqida asosiy ma’lumotlar
💧 Tarkibi:
Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 200 mg xondroitin sulfati va 250 mg D-glyukozamin sulfati;
yordamchi moddalar: magniy stearati.
👉 Ta’sir etuvchi modda(XPN):
Chondroitin Sulfate, D-Glucosamine Sulfate.
📝 Preparatning savdo nomi:
XONDRO-Ritz
🧬 Farmakalogik guruhi:
tog‘ay to‘qimasida moddalar almashinuvini boshqaruvchi preparat.
💊 Dori shakli:
kapsula
👉 Qoʻllanilishi:
bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasining degenerativ-distrofik kasalliklarini davolash va oldini olish;
birlamchi va ikkilamchi osteoartrit (osteoartroz);
turli sohalardagi osteoartrit (tizza, chanoq-son, bilak-kaft bo‘g‘imlari, umurtqa pog‘onasi va boshqalar);
yelka-kurak periartriti;
osteoxondroz;
spondilez;
osteoporoz, paradontopatiya;
suyak sinishlarida (suyak qadog‘ini hosil bo‘lishini tezlashtirish uchun) qo‘llanadi…