💊 Reamoks retsept bilan.
Preparat haqida asosiy ma’lumotlar.
💧 Ta’sir etuvchi modda(XPN):
Amoksitsillin
📝 Preparatning savdo nomi:
Reamoks
🧬 Farmakalogik guruhi:
Antibiotiklar (penitsillinlar guruhi).
📜 Qoʻllanilishi:
Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsion-yallig‘lanish kasalliklari: nafas a’zolarining infektsiyalari; siydik-jinsiy tizimi a’zolarining infektsiyalari; me’da-ichak yo‘llari (MIY) a’zolarining infektsiyalari; teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalarida; meningit; gonoreya; borreleoz; listeriozda qo‘llanadi.
Metronidazol bilan birga – zo‘rayish bosqichidagi surunkali gastrit, zo‘rayish bosqichidagi me’da va 12 barmoq ichak yara kasalligi.