Antibiotiklar

💊Antibiotiklar


(grekcha so’z bo’lib «anti» — qarshi, «bios» — xayot degan ma’noni anglatadi) ko’pincha tabiiy usulda olinadi, odamlar tomonidan esa sintrtik usulda olinadi.


❗️❓Antibiotiklar bir qator sezgir mikroblarga ta’sir etib, ularning rivojlanishini va biokimyoviy aktivligini pasaytiradi.


Antibiotiklarning mikroblarga ta’siri xar xil bo’lishi mumkin.


⭕️Bir xil antibiotiklar mikroblarga ta’sir etib, ularni ko’payishiga yo’l qo’ymaydi, bunday ta’sir etishi bakteriostatik ta’sir deyiladi.


⭕️ Antibiotiklar mikroblarga kuchli ta’sir etib, ularni o’ldirishi ham mumkin, bunday ta’sir etishi bakterasid ta’sir etish deyiladi.


⭕️ Ayrim antibiotiklar mikrobni eritib yuborishi xam mumkin, bunday ta’sir etish bakteriolitik tasir etish deyiladi.


⭕️Gramm-musbat bakteriyalarga ta’sir etuvchi antibiotiklar bilan bir qatorda gramm-manfiylarga xam ta’sir etuvchi antibiotiklar bor.


👨‍⚕P.s Antibiotiklar viruslarga qarshi xech qanday tasir etmaydi ❗️