KALGЕL
💊 Tarkibi: Lidokain gidroxloridi , setilpiridin xloridi, 70% sorbitol,ksilitol,etanol,gliserin,makrogol,levomen.
🗂 Farmakoterapevtik guruhi: Mahalliy og‘riq qoldiruvchi va antiseptik vosita.
✅ Qo‘llanilishi:
Kalgel asosan tish chiqayotgan vaqtda qo‘llaniladi.Stomatitda og‘riq qoldiruvchi sifatida ham ishlatsa bo‘ladi.
📝 Qo‘llash usuli va dozalari:
Shilliq qavatga va milkni yallig‘langan qismiga oz miqdorda toza barmoqqa siqib surtiladi.Bir kunda maksimal 6 marta surtiladi.
💣 Nojo‘ya ta’sirlari: yengil toshma, nafas qisishi.
⁉️ Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar: Tarkibidagi moddalarga yuqori sezuvchanlikda, xomiladorlikda.