Tokoferol atsetat (VITAMIN E)

Tokoferol atsetat (VITAMIN E)


DORI SHAKLI: inyeksiya uchun moyli eritma

TA’SIR ETUVCHI MODDA: tokoferol atsetat

FARMAKOTERAPEVTIK GURUHI: vitamin preparati


♻️QO’LLASH BO’YICHA KO’RSATMALAR:

E gipovitaminoz, ateroskleroz, hayz sikli buzilishi, amenoreya, jinsiy bezlar gipofunksiyasi, spermatogenezning buzilishi, homila tushish xavfi, ayollar va erkaklarda bepushtlikni majmuaviy davolash, kuyish, mushak distrofiyas, teri kasalliklari kabi holatlarda


✅QO’LLASH USULI VA DOZALARI: M/i. Sutka davomida 50-300 mg qabul qilinadi, har kun yoki kunora yuboriladi. 25°C li sharoitda saqlash lozim, lekin yuborishda avval 37°C gacha isitish tavsiya etiladi.


❌QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR:

Miokard infarkti o’tkir davri

Gipoprotombinemiya


🤰HOMILADORLIK VA LAKTATSIYA:

Ushbu davrda shifokor bilan maslahatlashgan holda qo’llash mumkin.