Emtron ukol

Emtron ukol


Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi: faol modda: ondansetron gidroxloridi U.S.P 2 mg ondansetronga ekvivalent;

Yordamchi modda: inyektsiya uchun suv.


Ta’sir etuvchi modda(XPN):

ondansetron gidroxloridi


Preparatning savdo nomi:

Emtron


Farmakalogik guruhi:

qusishga qarshi vosita.


Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma


Taʼrifi:

rangsiz, tiniq eritma


Qoʻllanilishi:

Tsitotoksik ximioterapiyada va nur bilan davolashda ko‘ngil aynishi va qusishni oldini olish hamda bartaraf etish (tananing hamma yuzasini nurlantirish, onkologiyada qisman bir martalik yuqori dozali yoki har kungi abdominal nurlantirish).


Umumiy jarrohlikda, oftalmologiyada va boshqalarda operatsiyadan keyingi davrdagi ko‘ngil aynishi va qusishni oldini olish hamda bartaraf qilishda qo‘llanadi.