Gijja va ichak parazitlarida dori

Gijja va ichak parazitlarida dori


Uyida yosh bolasi bor ota onalar borki ichak parazitlari muammosi mavjud. Xalq tilida qurti bor deb aytiladigan bir qator kasalliklar shular jumlasidandir.


Kasallikni belgilari xaqida avval ham post qo‘yganman. Kelgusida bu mavzuga qaytamiz. Ko‘p muxlislar qaysi dorilar yaxshi ta’sir qilishini so‘rashgan.


Avvalo 3 ta muxim qoida!


🧨 Dorini albatta axlat analizlaridan so‘ng vrach buyurishi kerak.

🧨 Dori bola kg si va xolatidan kelib chiqib dozalanishi kerak. Ota onalar kerakli dorini vaqtida berishlari kerak.

🧨 Uy sharoitida o‘z o‘zingizcha davolashni hayolingizga ham keltirmang. Dorilar jigar uchun toksik ta’sir ko‘rsatishi mumkin.


Dorilarga kelsak gijja va parazit turiga qarab buyuriladi. Ammo men o‘zim uchun sifatli va ta’siri yaxshi dorilar deb saylagan dorilar uchligi mavjud:


— Dekaris

— Nemazol

— Pirantel


Mazkur dorilar to‘g‘ri tavsiya qilinsa hamisha yaxshi samara bergan. Vrach bilan maslaxatlashishni esdan chiqarmang!