Oshqozon og‘riganda ichiladigan dori preparatlari
Omeprazol, pantoprazol haqida
Bu dori vositalari vodorod pompa (H+–K+–ATF-aza) ingibitorlari guruhiga kiradi. Oddiy qilib aytganda, oshqozonda xlorid kislotasi hosil bo‘lishini to‘xtatadi.
Oshqozon og‘rig‘ini asosiy sabablari: gastrit, oshqozon yara kasalligi hisoblanadi. Xlorid kislota oshqozon shilliq qavatini ta’sirlantiradi va og‘riq paydo qiladi. Bu vaqtda yuqoridagi dori preparatlarini qo‘llash yuqori samara beradi.
O‘qib yurgan kezlarim, dorixonada 3 yil farmatsevt bo‘lib ishlaganman. Xalqimizni aksariyati ovqat hazm qilish uchun «Omez» (omeprazol) yoki «Nolpaza» (pantoprazol) bering deb, murojaat qilardi. Ularga, «bular hazm qiladigan preparat emas» deb imkon qadar tushuntirardim.
Sizlarga aytmoqchi bo‘lganim, bu dorilar hazm qilmaydi, qaytanga ovqat hazm qilishda ishtirok etadigan kislota miqdorini kamaytiradi. Hazm qiladigan fermentativ preparatlar (https://t.me/taomlanish_ilmi/1360) bor, ular boshqa.
Taomlanish ilmi (https://t.me/joinchat/UFtOc0gAG-8iTHN6)