Nimesil poroshogini qanday hollarda qo‘llash mumkin emas?

💊Nimesil poroshogini qanday hollarda qo‘llash mumkin emas?


📌12 yoshgacha bolalarda

📌Homilador ayollarda

📌Ko‘krak sutini bilan oziqlantirish davrida

📌Isitma bilan kechadigan infeksion-yallig‘lanish kasalliklarida

📌Ichakning yallig‘lanish kasalliklarida

📌Alkogolizm, giyohvandlik

📌12 barmoqli ichak va oshqozon yara kasalligida

📌Bronxial astmada

📌Aortakoronar shuntlashda so‘ng

📌Anamnezida giperergik reaksiya

📌Og‘ir yurak yetishmovchiligida

📌Og‘ir buyrak yetishmovchiligida

📌Qon ivishining og‘ir buzilishida

📌Jigar yetishmovchiligida yoki istalgan aktiv formadagi jigar kasalligida


👨‍⚕Doctor Muxtorov tavsiyasi.


Preparatni shamollash va O‘RVI paytida ichmang. Boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar(parasetamol, diklofenak, ibuprofen) bilan birga qo‘llash mumkin emas. Chunki preparatni yuqoridagilar bilan qo‘llash uning jigarga gepatotoksik ta’sirini kuchaytirib yuboradi. Preparatni faqat shifokor tavsiyasi bilan qo‘llang!