Sispres tabletka
#Сиспрес таблетка
?DORI SHAKLI : ?
tabletka ( 250 , 500 , 750 mg dozalarda chiqadi ).
?TARKIBI : ?
Siprofloksatsin — 250 mg , 500 mg va 750 mg dozada chiqadi.
?TA’SIR QILISHIGA KO’RA ?
Antibiotik vosita. Mikroblarga qarshi samarali vosita. (Ftorxinolonlar guruhi).
?QO’LLANILISHI ?
— Mikroorganizmlar chaqirgan infeksion va yallig’lanish kasalliklarida.
— Nafas yo’llari infeksiyasida ( klebsiyella, enteribakter , proteus , esherixa coli , haemophilus, moraxella va stafilokokklar chaqirgan pnevmoniyada qabul qilish mumkin ).
— Stafilokokklar chaqirgan o’rta quloq infeksiyasida ( o’rta otitda ) , sinusitlarda qabul qilish mumkin.
— Buyraklar va siydik chiqarish yo’llari infeksiyasida.
— Jinsiy a’zolar infeksiyasida , ya’ni adneksit , gonoreya va prostatitda.
— Ko’z infeksiyalarida buyuriladi.
— Ovqat hazm qilish tizimi va o’t safro chiqarish infeksiyasida ( og’iz , tishlar, jag’lar va peritonitda ).
— Teri qoplamalari , shilliq qavatlar va yumshoq to’qimalar infeksiyalarida.
— Tayanch harakat apparati infeksiyalarida.
— Qorin bo’shligi infeksiyasida.
— Kuydirgi kasalligining o’pka shaklini infeksion yalliglanish kasalligini oldini olish maqsadida qo’llaniladi.
— Qorin og’riqlarida va diareyada ham qabul qilinadi.
— Qorin tifida va infeksion diareyada qabul qilinadi.
— LOR azolari infeksiyalarida.
— Ichak infeksiyalarida , ya’ni salmonelloz , shigellyoz, xolera va qorin tifida qabul qilish mumkin.
— Qorin bo’shligi absessi , xolangit , xolesistit , o’t qopi yiringlash xolatida.
— O’pka absessi va plevritda.
?QO’LLASH USULI ?
Tabletkani butunligicha ko’p bo’lmagan suyuqlik bilan ovqatlanishdan keyin qabul qilinadi. Kuniga 1 tabletkadan 2 mahal ( yoki har 12 soatda 1 ta tabletka qabul qilish ) buyuriladi.
?NOJO’YA TA’SIRI ?
— Bosh og’rigi va bosh aylanishi.
— Ichak mikroflorasining buzilishi ( ko’p qabul qilinsa).
— Taxikardiya va qon bosimi pasayishi kuzatilishi mumkin.
—Ko’ngil aynish , qusish va ishtaha pasayishi xolatlari.
— Qorinda og’riq va meteorizm kuzatilishi mumkin.
❌QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR ?
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda.
— Xomiladorlik va emizish davrida mumkin emas.
— 18 yoshdan kichik bolalarda mumkin emas.
— Epilepsiya kasalligida mumkin emas ( yoki shifokor nazoratida ehtiyotkorlik bilan qo’llash buyuriladi ).
—————————————————-
?SISPRES ANALOGI QAYSILAR ? ?
?Qo»lllash — retsept bilan .
?Ishlab chiqaruvchi — Qozogiston.
@Farmakologiya_TTA
,, ТАБЛЕТКА » kanali