Nakom tabletkasi — parkinson kasalligida qabul qilinadi.

?Nakom tabletkasi — parkinson kasalligida qabul qilinadi.

?250 mg / 25 mg dozada chiqadi.

?Analoglari — levokom tabletkasi, sindopa tabletkasi va tidomet forte tabletkalari


#Nakom tabletka

# Наком таблетка


?Dori shakli : tabletka


?Tarkibi : ?


Levodopa — 250 mg

Karbidopa — 25 mg


?Ta’sir qilishiga ko’ra ?


Parkinsonizmga qarshi vosita. Parkinson kasalligiga qarshi vosita


?Qo’llanilishi ?


— Parkinson kasalligida qabul qilinadi


— Parkinson kasalligini keltirib chiqaruvchi psixotik kasalliklarda qabul qilinadi.


— Bosh miya qon tomir kasalliklarida


— Marganes va uglerod kabi moddalardan zaharlanganda qabul qilinadi.


?Qabul qilish usuli ?


Preparatni ovqatlanishdan keyin qabul qilinadi. Sutkasiga 1/2 tabletka dan , ya’ni yarim tabletkadan 1 — 2 mahal qabul qilinadi.


Preparatni qabul qilish dozasini shifokor maslahati bilan qabul qiling.


?Nojo’ya ta’siri ?


— Yurakning notekis urishi

— Og’iz bo’shlig’i qurishi kabi belgilar yuz berishi

— qabziyat

— Me’da dan qon ketishi

— 12 barmoq ichaknimg yara kasalligi bo’lishi

— Bosh aylanishi, bosh og’rigi

— Uyquchanlik

— Eshak yemi ( teri kasalligi )

— Depressiya xolatlari kuzatilishi mumkin.


❌Qo’llash mumkin emas ?


— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda

— Glaukomada mumkin emas

— Sababsiz teri kasalliklarida

— Yosh bolalarda va 18 yoshdan kichik bo’lgan bolalarda mumkin emas.

— Miokard infarktinining o’tkir davrida mumkin emas

— O’pkaning og’ir kasalliklarida mumkin emas

— Bronxial astma kasalligining o’tkir davrida mumkin emas. ( kasallikning yengil davrida ehtiyotkorlik bilan qabul qilinadi )

— Epilepsiya kasalligining rivojlangan davrida mumkin emas.

— Me’da ichakdan qon ketish holatida mumkinmas

— Meda uchak va 12 barmoq ichak yara kasalligida mumkin emas.

— Qandli diabetda mumkin emas

— Buyrak va jigar yetishmovchiligida mumkin emas.

— Homiladorlik davrida va emizish davrida mumkin emas.


?Qo’llash — retsept bilan

?Ishlab chiqaruvchi — Sloveniya