Abu Ali ibn Sino yong‘oq haqida shunday degan: “Yaprog‘i va qobig‘i burishtiruvchi bo‘lib, qon oqishiga qarshi foydasi bor. Yog‘i el yaraga, saramasga va ko‘z atrofidagi yaralarga malham bo‘ladi. Yong‘oqning murabbosi mijozi sovuq me’da uchun (buyrakka ham) foydali, gijjalarni haydaydi”. Ulug‘ tabib barg shirasini iliq holda quloq ichi yiringlaganda tomizgan. Po‘stidan tayyorlangan qaynatmani bachadondan qon ketishini to‘xtatishda qo‘llagan.Yong‘oq mag‘zi tarkibida yog‘, oqsil, temir va kobalьt, vitaminlardan S, A, R, E singarilar mavjud.
