Sogʻlom sperma odatda 1 xil konsistensiyada boʻlishi kerak. Agregatsiya sperma suyuqligini shunday holatiki, bunda spermatazoidlar shilliq, epiteliy va boshqa hujayralar bilan yopishib “komochek” hosil qiladi. Agregatsiya oʻz xolicha bepushtlik sababchisi emas. Bu uning aglyutinatsiyadan farqi. Aglyutinatsiya bepushtlikka sabab boʻlishi mumkin. Lekin agregatsiyaspermatazoidlar harakatchanligiqandaydir sabablar tufayli pasayganligi yoki tanosil aʼzolarida shamollash borligidan darak beradi.
Kuchsiz agregatsiya farzand koʻrishda katta muammo boʻlmasligi mumkin. Lekin sezilarli agregatsiya spermadagikoʻp miqdordagi “sgustoklar” boʻlishi spermatazoidlarni oxirgi manzil sari harakatiga toʻsqinlik qilish orqali farzand koʻrishda muammo tugʻdirishi mumkin.
Spermatozoidlar agregatsiyasiga sabablar
Koʻpincha agregatsiya sperma suyulish vaqti uzayishi va ilashuvchanligi/quyushqoqligikoʻtarilish fonida kechadi. Bularning hammasi, yana shilliq, koʻp miqdorda epiteliy hujayralari borligi, eritrotsit, leykotsitlar va makrofaglar borligi tanosil aʼzolarida infeksiya, oʻtkir yoki surunkali nosozlik borligidan dalolat beradi.
Asosiy sababchi boʻluvchi omillar bu prostata bezi shamollashi – prostatit va urugʻ pufakchasi shamollashi – vezikulit.
Zararli odatlar, ovqatlanish ratsionidagi kamchiliklar va nosogʻlom hayot tarzi ham spermogramma va farzand koʻrish salohiyatida izsiz ketmaydi. Shu sababli muammo borligiga ishonch hosil qilish uchun spermogramma tahlili qayta tekshirilishi lozim.
Spermatozoidlar agregatsiyasi diagnostikasi
Sperma agregatsiyasini mikroskopik tekshirish orqali aniqlanash mumkin. Bunda spermatazoidlar yopishganligi (agregatsiyasi) bor yokiyoʻqligi va agar boʻlsa, uning kuchi aniqlanadi. Spermogramma natijasiga koʻra qon tahlili, siydik yoʻlidan surtma olish va boshqalar tavsiya qilinish mumkin. Yoki yetarli maʼlumot boʻlsa, davo tavsiya qilinishi mumkin.
Spermatozoidlar agregatsiyasini davolash
Agregatsiya bepushtlikni ikkilamchi darajali sababchisidir. Shuning uchun bepushtlikni birlamchi sabablari aniqlanishi va davolanishi shart. Buning uchun Androlog mutaxassis koʻrigiga borish darkor. Diagnostika davomida siydik va tanosil aʼzolari infeksiya va yalligʻlanish jarayonlari aniqlangan boʻlsa, kompleks davo muolajasi oʻtqaziladi. Antibiotik, yalligʻlanishga qarshi vositalar, fizioterapiya muolajalari, immunitetni koʻtaruvchi vositalar va vitaminlar tavsiya qilinadi. Agar infeksiya aniqlanmasa va gormonal fon ham buzilmagan boʻlsa, davo kursiga ehtiyoj boʻlmasligi mumkin.
Tibbiy davodan tashqari agregatsiyagadavolash uchun oqsil, vitaminlarga boy sogʻlom ovqatlanish zarur. Moʻtadil darajada jismoniy faollik va zararli odatlardan voz kechish lozim.
Davo kursidan keyin spermogramma tahlili yana qaytariladi.