Erkakning muddatidan oldin chiqarib yuborishi (tez tamom qilishi
)
⚠️ Bepusht juftliklarda bu muammo ham ohirgi o’rinda emas !
? Erkakning muddatidan oldin chiqarib yuborishiga nima sabab bo’ladi ? ?
✅ Asosiylariga to’xtalsak, bu prostata bezi kasalliklari, ba’zi dori-vositalar ta’siri, depressiya, psixologik kuchsizlik, o’ta sezuvchanlik.
? Erkakning muddatidan oldin tugatishi holatini davolash yo’llari:
✅ Agar bunga sabab jismoniy muammo bo’lsa, u holda u dori-vositalari bilan davolanadi.
Muammo faqat erkak psixologik holatida bo’lsa, u holda psixoterapiya yoki boshqa mexanik davolash yo’llari qo’llaniladi.
? Erkakning muddatidan oldin chiqarib yuborishi bilan bepushtlikning aloqasi bormi ?
✅ Albatta! Agar erkak spermatozoidlari ayol qiniga kira olmasa, homiladorlik yuz bera olmaydi.
? Homiladorlikdan saqlanish vositasi sifatida tashqariga chiqarishning zarari yo’qmi ?
✅ Zarari bor. Saqlanish vositasi sifatida bunday yo’ldan uzoq vaqt mobaynida foydalanish, kelajakda erektil disfunksiya va boshqa noxush jinsiy holatlarga olib kelishi mumkin.
? Erkakning muddatidan oldin chiqarib yuborish (tez tamom qilish) holati o’zi o’tib ketadimi yoki shifokorga uchrash zarurmi ?
✅ Agar bu holat yilda 1-2 marta yuz berayotgan bo’lsa, unga ahamiyat bermasa ham bo’ladi. Lekin har jinsiy aloqa shunday yakunlanayotgan bo’lsa, u holda vaqtni ketkazmay, androlog shifokor qabuliga uchrash zarur. Albatta sababini bilib, vaqtida davolanish tavsiya etiladi.