– Ayting-chi, siz va rafiqangiz bilan 50 yildan beri birga yashayapsizlar va hech janjal qilmagansiz (qishloqda hamma buni biladi). Bu qanday bo’lishi mumkin?
– Bilasizlarmi, yoshlar oqshomlarda aylanib yurishadi, keyin yigitlar qizlar bilan qo’l ushlashib kuzatib qo’yishadi. Bir marta kuzatsang – hech nima, ikkinchi marotaba – imkoniyat… va uchinchi marotaba – kuyov deb hisoblashadi. Men ham bitta qizni kuzatar edim. Bir kuni aylanib yurib bir narsa aytib berayotgan edim, qiz sekingina qo’lini tortib oldi.
Men tushunmadim, gap shundaki men bilmasdan yo’ldagi ko’lmakga qarab yurib ketgan ekanman. Qiz ko’lmakni aylanib o’tib yana qo’limni ushlab oldi. Men ataylab keying ko’lmakga qarab yurdim. Qiz yana qo’lini tortib oldi.
Keyingi kuni kechqurun boshqa qiz bilan birga shu yo’ldan bordim. Huddi shu surat, ko’lmaklarni aylanib o’tar edi. Ertasi kuni kechqurun men uchinchisi bilan bordim. Va yana ko’lmaklar orqali yurdim.
Ko’lmak yoniga yaqinlashganimda – u meni yanada qattiqroq ushladi, meni eshitib va … men bilan ko’lmak tomon yurdi. Balki qiz ko’lmakni ko’rmagan deb o’yladim. Keyin men keyingisiga bordim – chuqurrog’iga. Qiz ko’lmakga e’tibor ham bermadi. O’shandan beri biz birgamiz va janjalsiz, tinchlikda yashamoqdamiz.
“Kim yaxshi xotin topsa, u baxt topib va Xudoning inoyatiga sazovor bo’ladi”