Erkaklar diqqatiga: soch ekish

Ba’zi erkaklarda yosh bo‘lishiga qaramay soch to‘kilishini kuzatish mumkin. Buning sababi asosan irsiyat bilan bog‘liq bo‘lib, onaning erkak qarindoshlari orqali o‘tadi. Shuningdek, bunga soch follikulalarining erkaklik gormonlariga chidamsizligi, stress, ekologik omillar ham sabab bo‘lishi mumkin.


Ba’zi paytlarda soch to‘kilishiga qarshi qilingan choralar ham naf bermaydi. Ammo hozirgi kunda bu muammoning ham yechimini topish qiyin emas.


Soch ekishning ikki uslubi bor: sun’iy sochlar ekish va kishining o‘z boshidagi soch ildizlarini to‘kilgan qismiga ko‘chirish.

Sun’iy sochlar ekish

Sun’iy soch tolalari tabiiy sochlardan farq qilmaydi. Uslub sochini jarohat sababli yo‘qotganlarga, muolaja bilan sochlarni tiklab bo‘lmaydigan hollarda qo‘llaniladi. Sun’iy sochlar 500-700 donadan ekib, mahkamlanadi. Ular deyarli to‘kilmaydi, bemalol yuvish va hatto fen yordamida quritish, bo‘yash ham mumkin.

Shaxsiy sochlar transplantatsiyasi

Jarrohlik operatsiyasi yo‘li bilan amalga oshiriladi. Boshning engak qismidan donorlik sochlari olinib, boshning soch to‘kilgan sohasiga ekiladi. Bu sochlar kishining umri davomida o‘sadi, ya’ni boshning boshqa qismiga o‘tkazilishi ularning o‘sish jarayoniga ta’sir qilmaydi.

© Sugdiyona.uz