Inseminatsiya – sun’iy urug‘lantirish

«Farzandsizlik – og‘tirmas dard» – deya xalqimiz bejizga aytishmaydi. Albatta, bu dardni boshidan o‘tqazgan yoki o‘tqazayotganlar barcha shifokor-u, tabiblarga ko‘rinadilar. Albatta, bunda muammo aniqlanadi, agar iloji bo‘lsa oilaga shifokorlar «quvonch» ulashadi. Agar, muammo yirik bo‘lsa natijani aytishga ham iymanadi, odam!


Aynan, ana shunday hollarda «oilaning» istaklariga binoan zamonaviy tibbiyot na‘munalaridan bo‘lgan, sun‘iy urug‘lantirish – inseminatsiya qo‘llaniladi. Bu usul barcha holatlar uchun qo‘llanilmaydi. U faqat

Ayol  to‘liq sog‘lom bo‘lib , biroq er spermalarining urug‘lantirish qobiliyati o‘rtacha pasaygan hollarda;

Sperma ko‘rsatkichlari normal bo‘lib, ovulyatsiya payti bachadon bo‘yni ishlab chiqargan shilliq spermatazoidlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi natijasida er-xotin juftligining bir-biriga mos kelmasligi (qarama-qarshi bepushtlik) tashxisi qo‘yilsa qo‘llaniladi.

Uning qo‘llanilishi ham ancha qiyinchilik tug‘diradi. Usul bachadon ichida bajariladi. Chunki, inseminatsiya uchun tavsiya etiladigan yuqoridagi har ikkala omil ham spermatozoidlarning bachadon ichiga zarur miqdorda yoki umuman tushmasligi bilan bog‘liq.

Inseminatsiyada dastlab spermaga ishlov beriladi. Ishlov berish esa bir necha qismdan iborat.

Spermatozoidlar inseminatsiya o‘tkazish uchun tayyorlanadi: bu laborotoriya sharoitida  zichlik gradiyenti usullari yordamida amalga oshiriladi. Bu usullar spermatozoidlarni tozalash va taqsimlashga qaratilgan. Natijada inseminatsiya uchun eng harakatchan spermatozoidlar ajraladi. Ular o‘z morfologiyasiga ko‘ra ishlov berilmagan spermaga nisbatan yaxshiroq bo‘ladi.

So‘ng ovulyatsiya bo‘lganini ultratovush tekshiruvida aniqlab, o‘sha kuni yoki ertasiga oldindan tozalab tayyorlangan shahvat kateter yordamida to‘g‘ri bachadon ichiga quyiladi. Albatta, barcha jarayonlar qoidalarga amalqilib o‘tqazilsa, yaqin bir yil ichida o‘sha oilalarning 10 – 20 foizida (Statistika)  «Beshik to‘y» bo‘lishi aniq. Afsuski, ayrim hollarda e‘tiborsizlik yoki shifokorlarning masuliyatsizligi tufayli ayrim xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi. Masalan, ba’zi klinikalarda erkak spermasini, to‘g‘ridan-to‘g‘ri (tozalamasdan, tekshirmasdan) shpris orqali ayol qiniga yuborish muolajalari olib boriladi. Bu homiladorlikka erishishning tabiiy usulidan deyarli farq qilmaydi va farzandsizlik holati yana qayta kuzatilishi mumkin. Bu holat yana ruhiy tushkunlikka olib keladi.Bundan tashqari, tozalanmagan shahvat bachadon ichiga o‘tkir shamollash, turli xavfli kasallik viruslarini olib kirishi ham mumkin.