Prostata bezi vazifalari

Ayollar organizmi murakkab tuzilgan bo‘lishiga qaramay, erkaklarda

bundan-da nozikroq a’zo mavjudligini yoddan chiqarmaslik kerak. Bu o‘ttiz

yoshdan oshgan erkaklarning asosiy

muammosi hisoblanmish PROSTATA BЕZIdir.


Prostata bezi–mushakli bez a’zo

bo‘lib, qovuq pufagi ostida joylashgan

va unga tarmashib turadi. Bu bez xudi

muftaga o‘xshab, siydik chiqarish

kanalining boshlang‘ich qismini tutib turadi. Uning shakli

kashtan daraxtining mevasiga o‘xshab

ketadi. Katta yoshli kishilarda

prostata bezining diametri 4

santimetr bo‘lgani holda vazni

xavfsiz joyda, ya’ni kichik toz suyagi

markazida, siydik pufagi bo‘yini va

grammni tashkil etadi. Bezning orqa

sirti bevosita to‘g‘ri ichakning

oldingi devoriga yopishib turadi. Shu ichak orqali unga qo‘l bilan teginish

ham mumkin –u yumaloq, qayishqoq jins bo‘lib, bo‘ylamasiga yuza ariqchasi

ham bor.

PROSTATA BEZINING VAZIFALARI QANDAY?

Prostata bezi shaffof suyuqlik ajratib chiqaradi, bu suyuqlik normal

ajralib chiqqach, faqat eyakulyatsiya (shahvat chiqishi)vaqtida maniyga aralashadi.

Boshqa vaqtda esa u bezda to‘planib, limfa tarmog‘i va qonga so‘riladi.

Prostata shirasi urug‘ suyuqligiga aralashgach, uning sifatini mutlaqo

o‘zgartirib yuboradi. Chunonchi, urug‘ tashlovchi yo‘l va ortiq dumidan chiqqan urug‘

hujayralari bu vaqtda hali quyuq dirildoq massa bo‘lib, u harakatlanish

imkoniga ega emas, karaxtdir. Faqatgina prostata bezining sekret suyuqligi

qo‘shilishi bilangina u harakatga keladi. Prostata shirasida eyakulyatni

suyuqlashtiruvchi fibrinolizin (streptogeneza) va fibrogineza fermentlari

bo‘ladi. Chuchuk fosfatoza esa (u prostata bezida jinsiy balog‘atga yetish

oqibatida paydo bo‘ladi) maniylarning harakati va hayotchanligiga ta’sir

ko‘rsatadi.

Prostata bezi urug‘ hujayralarining hosil bo‘lishiga turtki berib, moyak

(moyak bezsimon a’zo bo‘lib, ularda erkak jinsiy gormonlari va hujayralari –

maniylar ishlab chiqariladi) faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Moyak

gormonlari (testosteron) o‘z navbatida prostataning bezsimon epiteliysi

rivojlarishiga yordam beradi va uning sekret ishlab chiqarish faoliyatini  kuchaytiradi. Bichish prostata bezining faoliyat qobiliyatini yo‘qotish bilan

amalga oshiriladi.

Shunday qilib, moyaklar va prostata bezi o‘rtasida yaqin fiziologik aloqa,

ya’ni a’zolarning autoregulyativ faoliyati mavjud. Chunonchi, prostata

shirasining ozgina miqdori spermatogenezga ta’sir qiladi va moyakning

faoliyatini yaxshilaydi, ya’ni prostataning moyakka ta’siri chaparasta

yo‘nalishda bo‘ladi. Moyaklarning sekresiya suyuqligi oshganda esa prostata

bezining shirasi ham ortadi, kamayganda –kamayadi.

Umuman, inson jinsiy hayotida prostata bezining ahamiyati nihoyatda

kattadir. U ishlab chiqaradigan shira hosilalari asab-mushak tarmog‘i va ruhiy

faoliyatni rag‘batlantiradi, qon bosimini ko‘taradi, jinsiy maylni qo‘zg‘atadi,

ereksiya va eyakulyatsiyaga hamkorlik qiladi.

avitsenna.uz/prostata-bezi/