1. Erta oila qurish (18 yoshgacha) va darhol farzand ko‘rishdan saqlanish kerak.
2. Qarindoshlar o‘rtasidagi nikohga yo‘l qo‘ymaslik (hoh qaynona, qaynota, hoh bo‘lajak kelin yoki kuyov bo‘ling) lozim.
3. O‘zingiz va turmush o‘rtog‘ingizning yaqin qarindoshlaridan nasliy kasallik, tug‘ma nogironlik bor – yo‘qligi va uning bo‘lajak farzandlaringiz salomatligiga salbiy ta’sir etish darajasini aniqlash maqsadida genetic maslahathonalaridan o‘tish kerak.
4. Agar shunday havf mavjud bo‘lsa, homiladorlik davrida homilangizni salomat ekanligiga iqror bo‘lish uchun tibbiyot sohasidagi mutahassislarga murojaat qilishingiz va mahsus tekshiruvdan o‘tishingiz lozim.
5. Xar bir ayol o‘zining salomatligi bola ko‘rish faoliyatiga to‘g‘ri kelishi yuzasidan mutahassislardan maslahat olishi kerak. Aks holda ayrim guruh onalar farzandli bo‘laman deb o‘zlarini nobud qilishadi.
6. Farzandlari orasidagi yosh farqi kamida 3 yilni tashkil etishi kerak, chunki ona organizm homiladorlik va tug‘ish jarayonidan so‘ng tiklanishi, o‘z holiga qaytishi, o‘zini to‘liq tilab olishi kerak. Shu bilan birga yana bir muhim masala – bola ona sutiga to‘yishi lozim.
Yuqoridagilarga e’tibor berilmasa, keying farzand kutilgandek salomat bo‘lmasligi, avvalgi bola esa ona suti, uning mehri va parvarishi yetarli bo‘lmaganligi sababli turli kasalliklarga uchrashi mumkin.
7. Ayollar reproduktiv (bola ko‘rish) davrining so‘nggi yillarida homilador bo‘lmasligi va farzandli bo‘lishdan saqlanishi kerak.
8. Ayolni homiladorlik davrida turli stress holatlardan, mehnat faoliyatida homilaga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan alkogol ichimliklari, nikotin giyohvandlik moddalaridan, mehnatning ayrim turlaridan, turli virusli, yuqumli kasalliklardan, surunkali dardlarning (agar bo‘lsa ) huruj qilishidan, tanosil va ayollar hastaliklaridan, ovqatlanish, dam olish, uhlash rejimining buzlishidan, nurlanish, kimyoviy moddalar shu jumladan, homilaga va homiladirlikning kechishiga salbiy ta’sir etuvchi ayrim dori – darmonlardan saqlanishi tavsiya etiladi.
avitsenna.uz/nasl-soglomligi-uchun/