Erkaklarda jinsiy aloqa vaqtida ogʻriq
Uretrit;
Tanosil gerpesi;
Olat uzdechkasi kaltaligi va uning yirtilishi;
Prostatit;
Vezikulit;
Olat qiyshiqligi (Peyroni kasalligi);
Olat jarohati;
Siydik yoʻli jarohati.
Uretrit
Siydik yoʻli shamollashi uretritda jinsiy aloqada ogʻriq yagona belgi emas. Qoʻshimcha belgilar:
Tez-tez siyish;
Siydik yoʻlidan ajralma kelishi;
Koʻp hollarda siydik yoʻlidan surtma olinganda koʻplab bakteriya va leykotsit topiladi.
Tanosil gerpesi
Bu holatda jinsiy aloqa vaqtidagi ogʻriq tanosil aʼzolarida oʻziga xos xarakterli oʻzgarishlar sabab paydo boʻladi. Olat terisida keyinchalik esa shilliq qavatlarida koʻplab mayda pufakchalar paydo boʻladi. Pufakchalar vaqt oʻtib oʻzaro qoʻshilib ketishi ham mumkin. Keyin pufakchalar yoriladi. Shu vaqtda sezuvchan eroziyalar paydo boʻladi.
Olat uzdechkasining kaltaligi
Agar olat uzdechkasi kalta boʻlsa jinsiy aloqa paytida tortishish va olat uzdechkasi sohasida ogʻriq xissi boʻladi. Baʼzi hollarda uzdechka uzilib, yirtilib ketishi mumkin. Bunda uzdechka kaltaligi yoki yirtilganligi koʻrinib turadi
Prostatit va vezikulit
Jinsiy aloqada ogʻriq prostatit va vezikulit uchun uncha xos emas. Lekin boʻlib turadi.
Odatda ogʻriq intensivligi jinsiy aloqa va eyakulyatsiyadan keyin kuchayadi. Jinsiy aloqada ogʻriqqa qoʻshimcha bu holatda yana qorin pastki qismida, chov sohasi va oraliqda ogʻriq boʻladi.
Interstitsial sistit
Interstitsial sistit fonida jinsiy aloqa paytida ogʻriq boʻlishi asosan ayollarda kuzatiladi. Qovuq siydik bilan qancha toʻla boʻlsa, jinsiy aloqa vaqtidagi ogʻriq shuncha kuchli boʻladi. Bundan tashqari bemorda tez-tez siyish ham kuzatiladi.