Yoz vaqti issiq havoning yoqimsizligi bilan kechqurunlari chivin, pashshalarning chaqishi kishini xunob qiladi. Chivin chaqishi 10 foiz odamlarda allergiya qo‘zg‘atishi aniqlangan. Chivin chaqqanda biroz bo‘lsa-da tanamiz orom olishi uchun nimalar qilish kerak?
Chivin chaqqan joyni iloji boricha qashlamaslik kerak. Stakan suvga yarimta dimedrol tabletkasini eritib, paxtani tayyor aralashmaga botirib, chivin chaqqan joyga qo‘yiladi. Qichishish bosiladi.
Yana bir usul: yarim stakan qaynagan suvga 1 choy qoshiq iste’mol sodasi solib aralashtiriladi. Aralashma bilan chivin chaqqan joylar artib turiladi. Bunday muolajani bir kunda bir marta qilib turish kerak.
Yoqimsiz bo‘lsa ham, chivin chaqqan joylarga ko‘kdori (zelyonka) surtib turish kerak.
soglom.uz/tavsiya/chivin-chaqqanda-nima-qilish-kerak/