Velosiped tanlash

Bolalar uchun istalgan bir vosita xarid qilish chog‘ida ko‘pchilik ota-onalar turli savollar iskanjasida qoladi. Bu xoh kiyim-kechak, xoh mebel jihozlari bo‘lsin. Tabiiyki, barcha farzandi uchun eng munosibini tanlashga oshiqadi.


Bolajon uchun transport vositasi – velosiped tanlash ham bir qadar murakkab jarayon sanaladi. Bunda farzandingiz yoshi va bo‘yini inobatga olmagan bo‘lsangiz tanlov borasida xatolikka yo‘l qo‘yishingiz hech gap emas.

Bolalar uchun velosiped tanlashda, eng avvalo, uning yoshi va bo‘yini inobatga oling. Bu xaridning eng asosiy sharti sanaladi.



































Bolaning yoshi


Bo‘yi, sm


G‘ildirak o‘lchami, dyum


1 – 3


75 dan 95 gacha


< 12″


3 – 4


95  dan 101 gacha


12″


4 – 6


101 dan 115 gacha


16″


6 – 9


115 dan  128 gacha


20″


9 – 13


 126 dan 155 gacha


24″



Bolaning yoshiga qarab velosiped tanlaymiz

1 yoshdan 3 yoshgacha

Bu turdagi kichik transport vositalari yengil va kichik ko‘rinishda bo‘lib, asosan uning uch g‘ildirakli turi bolajon uchun juda qulay hisoblanadi. Hozirda keng tarqalgan, kattalarning surib yurishi uchun mo‘ljallangan mitti velosipedlar aynan mazkur yoshdagi bolajonlar uchun juda qulay.


3 yoshdan 4 yoshgacha

Bu yoshdagi bolalar bir qadar faol bo‘lib, sevimli transport vositasini o‘zi mustaqil ravishda boshqarishni xush ko‘radi. Bu yoshdagi velosipedlarda baquvvat bo‘lmali g‘ildirak va qo‘shimcha ravishda maxsus yon g‘ildirak (o‘rganish uchun) o‘rnatilgan bo‘ladi. Bundan tashqari mazkur yoshdagi bolalar uchun velosipedda boshni kutilmagan zarbdan himoyalovchi yumshoq o‘ramaga ega rul, to‘liq himoyalangan zanjir (bolaning kiyimlarini o‘ziga tortib olishining oldini oladi va loylarning sachrashiga qarshi vosita sanaladi), yumshoq va mustahkam o‘rindiqqa ega bo‘lishi muhim sanaladi. Demak, uning asosi: 12 dyumli g‘ildirak, 1 darajali tezlik, orqa oyoq to‘xtatish moslamasi (tormoz), himoyalovchi yon g‘ildiraklardan iborat bo‘lishi kerak.


4 yoshdan – 6 yoshgacha

Bu turdagi transport vositalari tashqi ko‘rinishi va asbob-uskunalari avvalgilaridan faqatgina g‘ildirak diametrining o‘zgarishi bilangina farqlanadi. Demak, bu yoshga mo‘ljallangan transport g‘ildirak diametri 16 dyum, 1 darajaga ega tezlik ko‘rsatkichi, orqa oyoq tormozi, himoyalovchi yon g‘ildiraklariga ega bo‘ladi.


6 yoshdan 9 yoshgacha

Bu yoshdagi velosipedlar kattalar velosipedining bir ko‘rinishiga o‘xshab ketadi. Uning yon himoya g‘ildiraklariga bu yoshga kelib umuman ehtiyoj sezilmaydi. Endi farzandingiz ushbu transport vositasini bemalol boshqara oladi. U o‘zida 20 dyumli g‘ildirak, 1 dan 6 gacha tezlik ko‘rsatkichi, old va orqa to‘xtash moslamalarini jamlagan bo‘ladi.

Yana o‘qing:  Farzandingiz sizdan o‘rnak oladi

9 yoshdan 13 yoshgacha

Mazkur turdagi transport vositalari kattalar velosipedidan hech qanday farq qilmaydi. G‘ildiraklar biroz kattalashib 24 dyumga yetadi. Agar farzandingiz bo‘yi 135 smdan baland bo‘lsa, 26 dyumli g‘ildiraklarni tanlasangiz ham bo‘ladi. Demak, bu turdagi velosiped g‘ildiraklari 24 dyumli, 1 dan 24 tezlik ko‘rsatkichiga ega, orqa va old to‘xtash moslamalari mavjud va old amortizatorga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq sanaladi.


Xurshida HUSENOVA

soglom.uz/tavsiya/velosiped-tanlash/