Tuxum tanaga quvvat beradi. Bir dona tuxum 6 gramm yuqori sifatli oqsil va 70 kaloriyaga ega.
Ushbu mahsulot jigar faoliyatiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Uning tarkibida xolin makroelementi mavjud.
Tuxum tarkibidagi xolesterin moddasi qondagi mavjud xolesteringa ta’sir etmaydi. Doimiy ravishda tuxum iste’mol qilish jigarni kam miqdorda xolesterin ishlab chiqarilishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Mazkur mahsulotni iste’mol qilish natijasida organizm uchun foydali bo‘lgan xolesterin miqdori oshadi. Lipoproyeinlar yurak kasalliklari va insult xavfini kamaytiradi
Ko‘z o‘tkirligi uchun tuxum foydali. Uning tarkibi lyutein va zeaksantin antioksidantlariga boy bo‘lib, katarakta xavfini bartaraf etadi
Ishtahani ko‘taradi. Bu nonushta uchun eng maqbul taom. U insonni to‘q saqlaydi.
Tuxum oqsil manbai sanaladi. Organizm uchun kerakli bo‘lgan moddalar bilan ta’minlay oladi.
U suyaklar uchun ham juda foydali. Uning tarkibidagi vitamin D osteoparoz xavfidan bartaraf etadi.
Ushbu mahsulot saraton xavfini bartaraf etadi. Xolin moddasi ayollarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘krak saratonini yuzaga kelishini oldini oladi.
Mushaklar faoliyatini mustahkamlaydi. Oqsil mushaklar faoliyatiga yaxshi samara ko‘rsatadi.
Xomiladorlar uchun ham juda foydali. 2 dona tuxum tarkibidagi 250 mg xolin, kundalik norma uchun yetarli sanaladi.
Tuxum soch va teri salomatligi uchun ham foydali. Tuxum tarkibida V guruhiga oid vitaminlar jamlangan, ular soch, tirnoq va teri salomatligi uchun juda zarur.
Tuxum rangi mahsulotning sifati haqida darak bermaydi. Oq yoki jigarrang turdagi tuxum tarkibi tovuqning qaysi zotdan ekanligi bilan bog‘liq.