Yer yuzidagi ayollarning teng yarmi ingichka tolali soch sohibalari hisoblanishadi.
Bunday sochlar haddan ziyod yumshoq bo‘lgani uchun ularni chiroyli ko‘rinishda turmaklash qiyinchilik tug‘diradi. Bu muammoning yechimini topishda zamonaviy vositalar bilan bir qatorda buvijonlarimiz maslahati ham katta foyda berishi mumkin.
Mayin tolali soch sohibalari sochlarga hajm beruvchi shampundan foydalanishlari lozim. Chunki, bunday shampun tarkibida nozik soch tolalarni himoyalab, parvarishlash xususiyatiga ega keratin moddasi mavjud. Bunday maxsus shampunlarning bitta kamchiligi bor – ular sochlarning taralishini osonlashtirmaydi. Ham shampun ham konditsionerli soch yuvish vositalariga keladigan bo‘lsak, ular mayin sochlarga mos tushmaydi. Yopishqoq qilib qo‘yishi ehtimoli ko‘proq.
Ingichka tolali sochlar to‘kilishining oldini olish uchun yog‘sizlantirilgan gel (bu vosita bosh yuvilganidan keyin soch ildiziga surtiladi) yoki tarkibida keratin va aminokislotalar mavjud maxsus vositalardan foydalanish mumkin. Vositalar ta’sirini kuchaytirish uchun suyuqlik ichiga suv bilan aralashtirilgan maydalangan kalsiy qo‘shish lozim. Kalsiy oziqlantiruvchi aralashmani qizdirib, vitaminlarning chuqurroq singishiga yordam beradi.
soglom.uz/tavsiya/ingichka-tolali-sochlar-parvarishi-2/