Mutaxassislarning ta’kidlashicha, biz tanovul qilayotgan har qanday turdagi mahsulot, tashqi ko‘rinishimizda bevosita namoyon bo‘ladi.
Turli yosh o‘zgarishlarida ovqatlanish jarayoni muhim ahamiyat kasb eta boradi. agarda siz doimo yosh, go‘zal va sog‘lom ko‘rinishni istasangiz o‘z ratsioningizga quyidagi 7 mahsulotni kiritishni unutmang.
Tarvuz
Ushbu mashhur poliz ekini tarkibi likopinlarga juda boy. Likopin – bu antioksidant hisoblanib, u terini ultra binafsha nurlaridan himoyalaydi.
Ko‘k choy
Ko‘k choy tarkibi ham antioksidantlarga boy. U terini erkin radikallardan himoyalash xususiyatiga ega. Uning tarkibidagi antioksidantlar asosan polifnollardan tarkib topgan bo‘lib, u terining asosiy oqsili hisoblanadi.
Anor
Mo‘jizaviy mevaning donalari antioksidantlar bilan to‘yingan. Yana ular tarkibidagi mavjud S vitamini terining qurishi va ajin tushishidan himoyalaydi hamda terining qarishini oldini oladi. Doimiy ravishda S vitaminini tanovul qilish o‘rta yoshli ayollarda ajinlarning kamayishiga sabab bo‘ladi.
Yog‘li baliq
Bu turdagi baliq tarkibida omega-3 moyi mavjud bo‘lib u terining shikastlanishidan va quyosh nurlaridan himoyalaydi. Eng mashhur yog‘li baliqlardan biri lasos sanaladi. Ushbu baliq turi terini yoshartirish xususiyatiga egaligi bilan ahamiyatli sanaladi. Bu antioksidant-karotinoid astaksantin bo‘lib, u terining tarangligi va jozibadorligini ta’minlaydi.
Avokado
Mazkur meva tarkibida omega-3 yog‘ kislotasi mavjud. U terining ustki qatlamini yumshoq va taranglashtirish xususiyatiga ega.
Qora shokolad
Ushbu shirinlik tarkibida flavanol antioksidanti mavjud bo‘lib u terining zararli quyosh nurlaridan himoyalaydi. Unutmang: shokolad tarkibidagi kakao qancha ko‘p bo‘lsa, u shuncha flavonol moddasiga boy bo‘ladi. Shu sabab shokolad tarkibidagi kakao 70 foizdan kam bo‘lmasligi maqsadga muvofiq sanaladi.
Pomidor
Ushbu sabzavot tarkibi likopinga boyligi sabab juda foydali sanaladi. Likopin terini zararli quyosh nurlaridan himoyalash xususiyatiga ega. Agar pomidor foydali moylar bilan (masalan zaytun moyi) birgalikda iste’mol qilinsa likopinning organizmga singishi juda oson bo‘ladi.
Xurshida HUSENOVA
soglom.uz/tavsiya/kamida-5-yoshga-yoshartiruvchi-7-mahsulot-2/