Benuqson va yaxshi parvarishlangan oyoqlar ayol go’zalligining asosi sanaladi. Shu ma’noda unutmaslik kerakki, kuz faslida oyoq terisi, ayniqsa, e’tiborga muxtoj bo’ladi. Buning boisi, havo salqinlashishi bilan ochiq poyafzallardan yopig’iga o’tish, sovuqdan saqlanish maqsadida sintetik matodan tayyorlangan kolgotkalar kiyish va hokazolar.
Qo’lbola losyon. Kuz salqini – oyoqlarning eng birinchi dushmanidir. Muntazam kolgotka hamda shim ostida bo’lgani uchun oyoq terisi quruqshaydi. Uni namlantirish uchun maxsusu losyonlardan foydalanib turishni unutmang. Shuningdek, bunday losyonni uyda ham tayyorlash mukin: bir bosh uzumning donalarini ajratib, ezg’ilang. 2 soatdan so’ng sharbatini siqib olib, 2 osh qoshiq asal va 1 choy qoshiq tuz qo’shing. So’ng 1 stakan iliq suv qo’shib, yaxshillab aralashtirasiz. Tayyor losyonni kunora dushga kirishdan 2 soat avval oyoqlarga surish tavsiya etiladi.
Oyoqdagi ortiqcha tuklar. Ularga aslo befarq qarab bo’lmaydi! Oyoqdagi ortiqcha tuklarni olib tashlaganingizdan so’ng albatta oziqlantiruvchi va tuk o’sishini sekinlashtiruvchi kremlardan suring.
Parvarishlaymiz. Oyoq terisi quriy boshlagach, teri sho’rlanib uni ustki qavati nobud bo’ladi. Bundan xalos bo’lish uchun esa maxsus skrablardan foydalanish lozim. Skrabni oyoqdagi tuklarni depilyatsiya qilishdan avval ishlatish kerak. Shuningdek uni tovonga ham ishlatish mumkin. Chunki yoz faslida dag’allashgan tovon terisi tuflida yurishga noqulaylik tug’diradi, kapron kalgotkalarning esa sitilishiga sabab bo’ladi. Yana tovon uchun maxsusu pezma (arracha) dan foydalanishni unutmang. Uy sharoitida tabiiy skrab tayyorlash uchun bitta pomidor va 1 osh qoshiq yirik osh tuzi kerak bo’ladi. Pomidorning terisidan tozalab, sanchqi yordamida ezib, tuz qo’shasiz. Tayyor skrabni o’sha zahoti aylanma harakatlar bilan oyoqqa va tovonga surasiz. 15 daqiqa oyoqni uqalagach, skrabni iliq suvda yuvib tashlash kerak so’ng oziqlantiruvchi krem surish lozim.
Oyoqlarni baland ko’tarib uxlang. Uyqu vaqtida oyoqlaringiz tanangizdan biroz yuqoriroqda turishiga ahamiyat bering. Masalan, to’shak ostiga buklangan mato yoki ko’rpa qo’shing. Natijada, kun davomidagi charqoqdan biroz xalos bo’lasiz va qon tomirlarining varikoz kengayishi barham topadi.
Mashqlarning foydasi bor. Tizzani bukib o’tirib turish mashqi oyoq suyaklari mustaxkam bo’lishini ta’minlaydi. Qolaversa, ushbu mashq yordamida oyoqni ixchamlashtirish mumkin. Bu mashq, yana oyoqdagi qon tomirlarining faol ishlashini ta’minlaydi.
Muntazam uqalash. Sizga SPA salonga borishni tavsiya etgan bo’lardigu, ushbu yumushni uyda bajarish imkoni bor. Buning uchun tabiiy moylar yoki losyondan foydalanish lozim. Dengiz tuzi va efir moylari vannasi oyoq uchun nihoyatda foydali. Ular yordamida oyoq tomirlari bo’shashadi, toliqish barham topadi.
Vazningiz ortmasin. Vazningizni doim nazorat qilib yuring. Semirib ozish natijasida oyoq terisida yoriqlar paydo bo’ladi. Ortiqcha vazn bilan baland poshnali poyafzalda yurish tavsiya etilmaydi, chunki surunkali charchoq va og’riqdan aziyat chekish ehtimoli bor.